Qishloq hududlarini rivojlantirishda yangi ufqlar

10-December, 2024
a group of people sitting at a desk looking at a laptop

BMT Taraqqiyot dasturi

2024-yil 10-dekabr kuni Toshkentda qishloq aholisining hayotini o‘zgartiradigan tashabbusni amalga oshirishdagi yutuqlar muhokama qilindi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihalarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalar Islom Taraqqiyot Banki va OPEK Xalqaro Taraqqiyot Fondi tomonidan moliyalashtirilmoqda. Bu loyihalar – uzoq hududlar aholisi uchun eng zaruriy ehtiyojlarga, ya’ni yaxshilangan elektr va suv ta’minoti, ta’mirlangan yo‘llar, sifatli tibbiyot va ta’lim xizmatlariga kirish imkoniyatini yaratmoqda. Yil yakunlari bo‘yicha ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu loyihalar qishloq aholisi uchun hayotni qulayroq va kelajagini yorqinroq qilishda katta hissa qo‘shmoqda.

diagram, map
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Samandar Sadullayev ta’kidlaganidek “Qishloq hududlarida turmush darajasini oshirish mamlakatimiz rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu bizning eng yaxshi loyihalarimizdan biri bo‘lib, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarda amaliy foyda keltirib, uzoq hududlarning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda”.
a group of people sitting at a table

BMT Taraqqiyot dasturi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasi (I-faza)

Shuni ta’kidlash joizki, o‘tayotgan yilning muhim yutuqlaridan biri – 40 mahalla klaster rivojlantirish rejalarining ishlab chiqilishi bo‘ldi, bunda mahalliy aholi faol ishtirok etdi. Ushbu rejalar faqat g‘oyalar ro‘yxati emas, balki Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi qishloq hududlarida yangi ijtimoiy infratuzilmani tiklash va qurishda yordam beradigan 895 ta sub-loyihani amalga oshirish uchun haqiqiy yo‘l xaritalaridir.

Asfaltlangan yo‘llar va yaxshilangan kanalizatsiya tizimlaridan yangilangan tibbiyot muassasalari va maktablargacha – har bir sub-loyihada mahalliy aholi ehtiyojlari va orzulari aks etilgan. Loyihalar doirasida mahallalarda 1491 kishidan iborat 170 ta tashabbuskor guruh tashkil etilib, ular belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilishmoqda. Quvonarlisi, ayollar bu jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, loyiha birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali odamlar va sayyoramizga g‘amxo‘rlikni birlashtiradi. Masalan, Orolbo‘yi hududidagi qishloq tibbiyot punktlarida propan konditsionerlari o‘rnatildi, bu esa karbonat angidrid gazining havoga chiqishini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday tashabbuslar, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdidlarga nisbatan zaif bo‘lgan aholi uchun o‘ta muhimdir. Mahalliy mutaxassislarga konditsioner tizimlarini ishlatish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi, bu esa ishtirokchilarga kundalik turmushda uy jihozlarini ongli ravishda ishlatish imkonini berdi.

O‘tgan yil davomida qishloq aholisi salohiyatini oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi, energiya samarali loyihalash va qurish, iqlim o‘zgarishi, elektron tijorat, davlat xizmatlarini onlayn olish va boshqa ko‘plab sohalarda 12 ta turli trening tashkil etildi. Treninglarda 1852 kishi ishtirok etdi. 

a group of people posing for a photo

BMT Taraqqiyot dasturi

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii ta’kidlaganidek, “Loyiha qishloq mahallalarining raqamli transformatsiya qilish imkoniyatlarini maksimal darajada oshiradi. Loyiha tufayli 54 190 nafar mahalliy aholi davlat xizmatlaridan raqamli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, 8 ta qishloq maktabi yangi IT-uskunalar, jumladan, 128 ta kompyuter va interaktiv smart doskalar bilan ta’minlangani yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda”.

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (II-faza)

2024 yilning muhim voqealaridan biri – Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 21 ta tumanidagi 157 ta mahallani qamrab olgan ikkinchi loyihaning boshlanishi bo‘ldi. Qishloq aholisi turmush darajasini oshirishga qaratilgan katta maqsadlar va vazifalar 2028 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qisqa muddat ichida yangi o‘zgarishlarga kuchli turtki bergan muhim tadbirlar o‘tkazildi. Uchta pilot hududdagi 157 ta mahallada aholini loyihani amalga oshirish jarayoniga keng jalb qilish va o‘z mahallalarini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etish maqsadida treninglar tashkil etildi. 11 000 kishi, shu jumladan 4 413 ayol, o‘z hayotlarini yaxshilash uchun qanday o‘zgartirishlar qilish mumkinligini muhokama qilishdi. Ushbu uchrashuvlar faqat fikr almashish bilan cheklanib qolmadi — bu mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha aholi ehtiyojlarini inobatga olib, qarorlarni qabul qilish imkoniyati bo‘ldi. Natijada fermerlar, yoshlar, tadbirkorlar, shuningdek 345 ayol va 15 nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘z ichiga qamrab olgan 157 ta tashabbuskor guruh tashkil etildi. Bu esa o‘z navbatida loyihaning inkluziv yondashuvini ta’minladi. Ushbu guruhlar sub-loyihalar amalga oshirilishini nazorat qilib boradi va kelajakdagi o‘zgarishlar uchun haqiqiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.

a group of people standing in front of a crowd posing for the camera

BMT Taraqqiyot dasturi

Keyinchalik aholi taklif qilgan obyektlar bo‘yicha tekshiruvlar va baholashlar o‘tkazildi, natijada 780 ta sub-loyiha mahallaning klaster rivojlantirish rejalariga kiritish uchun tasdiqlashdi. Har bir sub-loyiha mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuvlarda muhokama qilindi, har bir qadam puxta o‘ylab chiqildi va kelishildi. Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar natijasida 41 ta mahallaning klaster rivojlantirish rejalari ishlab chiqildi, ularning har biri rivojlanish, gender tengligi va ekologik barqarorlikka qaratildi. Ushbu hujjatlarda mahalliy aholining orzu va maqsadlari o‘z aksini topdi, ular ushbu keng miqyosli jarayonning bir qismiga aylandi.

Loyihalar haqida batafsil:

https://go.undp.org/JGd