BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbеkistondagi vakolatxonasida ishlash
BMT Taraqqiyt Dasturining O‘zbеkistondagi vakolatxonasida ishlash
BMT Taraqqiyot Dasturi inson turmush darajasining yaxshilanishida qo‘l keladigan bilimlar resursi va tajribalarini o‘zlashtirish yo‘liga tushgan hamda ijobiy o‘zgarishlarga erishayotgan dunyo mamlakatlariga ko‘mak beruvchi BMTning taraqqiyot sohasidagi global tarmog‘i hisoblanadi. Biz taraqqiyot sohasidagi global va milliy muammolarning yеchimini topishda yordam berish uchun 170 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik o‘rnatganmiz. Davlatlar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda taraqqiyot jarayonida BMT Taraqqiyot Dasturi xodimlari va uning ko‘plab sheriklari bilimlaridan foydalanadilar. Biz bilan ishlashni istaysizmi?
O‘zbеkistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining xodimlar bo‘limi
O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining xodimlar bo‘limi loyihalar va ofisni aniq, foydali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlaydi. Xodimlar bo‘limi kadrlar strategiyasi va siyosatini boshqarish, uni amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanadi, xodimlik xizmatini ko‘rsatadi, xodimlar safining kengayishi va kasbiy faoliyat masalalarini nazorat qiladi, BMTda ishlash bilan bog‘liq so‘rovlarni o‘tkazadi va bilimlarni shakllantirish, ularni almashishda ko‘maklashadi.
BMT Taraqqiyot Dasturiga xodimlarni saralash va qabul qilish jarayoni quyidagi besh asosiy tamoyilda amalga oshiriladi:
Tanlov asosida xodimlarni tanlash: Bo‘limga yoki shartnomaga ko‘ra, qaysi lavozimga bo‘lishidan qat’i nazar bo‘sh o‘rinlarga xodimlarni tanlash qat’iy adolat asosida amalga oshiriladi, har qanday istisno nomuvofiqlik va tajribasizlik deb qabul qilinadi.
Xolislik: Nomzodlarni o‘rganish jarayoni qat’iy belgilangan mezonlarga ko‘ra, ular rioya qilishi lozim bo‘lgan kasbiy talabchanlik, malakasi, ixtiyori va muhimi, kirishuvchanligi asosida amalga oshiriladi.
Oshkoralik: Xodimlarni ishga qabul qilish va tanlash mezonlari, tanlov jarayonining barcha bosqichlari nomzodlar va xodimlar orasida oshkora olib boriladi.
Ko‘p xillilik: BMT Taraqqiyot Dasturi xodimlari tarkibida erkaklar va ayollar soni tengligi hisobga olingan holda, mamlakatning turli hududlarini qamragan va asosan, ijtimoiy kam ta’minlangan, nogiron, mahalliy aholi vakillaridan iborat xilma-xil bo‘lishi lozim.
Hisobdorlik: Menejerlar xodimlarni yollashda nomzodlarni tanlash va tanlovda belgilab qo‘yilgan tartiblarga amal qilish nazorati majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Current vacancies
Amaliyot (Internship) dasturi
Siz global rivojlanish masalalariga qiziqasizmi va o‘qishingizni to‘ldiradigan amaliy tajriba orttirmoqchimisiz?
BMT Taraqqiyot Dasturi amaliyot dasturlari talabalar va yaqinda oliy ta’limni tamomlagan bitiruvchilar uchun BMT Taraqqiyot Dasturi faoliyati bilan bevosita tanishish imkonini beruvchi ajoyib imkoniyatdir.
Amaliyot imkoniyatlari turli yo‘nalishlarda mavjud bo‘lib, har bir holatda amaliyotchining qiziqishlari tashkilot ehtiyojlari bilan moslashtirilishiga harakat qilinadi. Amaldagi vakansiyalarimiz bilan tanishing va rivojlanish sohasidagi amaliyot imkoniyatingizni kashf eting!
Amaliyot muddati amaliyotchining mavjudligi, akademik talablari hamda BMT Taraqqiyot Dasturi ehtiyojlariga qarab farq qiladi. Yil davomida yarim stavkali va to‘liq stavkali amaliyot imkoniyatlari mavjud.
Malaka va talablar
Amaliyotchilarni tanlash jarayoni tanlov (raqobat) asosida amalga oshiriladi. BMT Taraqqiyot Dasturi amaliyotiga ariza topshirayotgan nomzod ariza topshirish vaqtida quyidagi akademik talablardan kamida biriga javob berishi kerak:
(a) magistratura yoki boshqa oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturida (ikkinchi oliy ta’lim yoki unga teng daraja, yoki undan yuqori) tahsil olayotgan bo‘lishi;
(b) birinchi oliy ta’lim dasturining oxirgi akademik bosqichida (kamida bakalavr darajasi yoki unga teng) tahsil olayotgan bo‘lishi;
(c) oliy ta’lim diplomiga ega bo‘lishi (yuqoridagi (a) va (b) bandlarda ko‘rsatilganidek) hamda tanlangan taqdirda bitirganidan keyin bir yil ichida amaliyotni boshlashi kerak.
Nomzod sifatida siz rivojlanish sohasiga qiziqishingizni namoyon eta olishingiz hamda BMT Nizomi tamoyillari va BMT Taraqqiyot Dasturi missiyasini hurmat qilishingiz lozim. Turli til, millat va madaniy kelib chiqishga ega insonlar bilan ishlash, ularning ishonchi va hurmatini qozonish BMT tizimida ishlashning muhim qismidir.
Shuningdek, global mobillikka tayyorlik va turli ish hamda jismoniy sharoitlarga moslasha olish qobiliyati ham muhim hisoblanadi.
Odatda til talablari quyidagicha: nomzodlar BMT Taraqqiyot Dasturi ishchi tillaridan kamida bittasini, ikkitasini yozma va og‘zaki ravishda yaxshi bilishi kerak. Bu tillar — ingliz, rus yoki o‘zbek tillaridir.