NOGIRONLIKNI O’LCHASH VA BELGILASH, IJTIMOIY XIZMATLAR: BMTTD O’ZBEKISTONDAGI HAMKORLARIGA XALQARO TAJRIBA YETKAZDI

4-August, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

BMTTD, O’zbekiston Nogironligi bo'lgan Shaxslar Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Tibbiy-Ijtimoiy Xizmatlarni Rivojlantirish Agentligi va Inson Huquqlari Milliy Markazi bilan hamkorlikda 3-kunlik nogironlikni o’lchash va ijtimoiy xizmatlar mavzusiga bag’ishlangan seminarni tashkillashtirdilar. Tadbir 2022 yil 18-20 iyul kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.

Unda BMT Inson Huquqlari bo’yicha Oliy Komissar boshqarmasi mutaxassislari quyidagi tashkilotlar: Nogironligi bo'lgan Shaxslar Assotsiatsiyasi, Agentlik va uning viloyatlardagi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari, hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson Huquqlari Ombudsmani apparati, Inson Huquqlari Milliy Markazi, Moliya va Bandlik vazirliklari ekspert va mutaxassislari nogironlik statistikasini yig’ish va nogironlikni o’lchash, va bu sohalarda xalqaro tajribalar bilan onlayn tarzda tanishtirdilar.

Ushbu maslahatlashuvdan so’ng BMTTDning Gruziyalik eksperti O’zbekistonlik hamkasblari va nogironlik huquqlari faollari nogironligi bo’lgan bolalar va kattalar uchun mo’ljallangan ijtimoiy xizmatlar hamda bu xizmatlar va nogironlikni belgilash o’rtasida bo’lgan aloqa borasida samarali fikrlar almashdilar. O’zbekistonda nogironlikni belgilashga mas’ul tizimlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 27 noyabrdagi yangi tizimga o’tishni joriy qilgan farmoniga muvofiq nogironlikni belgilash tizimiga xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish ustida ish olib borayapti.

Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

O’xshash muammolar bilan yuzlashgan sobiq Sovet davlatlari tajribasini keng muhokama qilindi va O’zbekistonda nogironlik bilan bog’liq islohotlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettirishga kelishildi. Fazliddin Sadikov Agentlik nomidan BMT Inson Huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqarmasining xodmilari hamda BMTTD ekspertiga ilg’or tajribalar va xalqaro standartlar bilan tanishish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularga nogironlik bilan bog’liq islohotlarni ilgari surishda samarali hamkorlikni davom ettirish uchun O’zbekistonga taklif qildi. BMTTD eksperti Maguli Shaghashvili xonim O’zbeksitonlik hamkasblarini Gruziyada olib borilayotgan ishlar bilan, shu jumladan yangicha nogironlikni belgilash tizimini pilot sinovidan otkazish va nogironligi bo’lgan bolalar va kattalar uchun ijtimoiy xizmatlar bilan yaqindan tanishishlarini taklif qildi.

BMTTD O’zbekistonda qonun ustuvorligi, samarali boshqaruv, gender tengligi, yashil iqtisodiyot va barqaror jamiyatni qollab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni qo’llab-quvvatlab, o’z hamkorligini davom ettiradi.

*Ushbu seminar BMTning Nogironligi bo’lgan shaxslar haq-huquqlari bo’yicha Fond tomonidan moliyalashtirilgan O’zbekistonda nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shma dastur doirasida o’tkazildi. Qo’shma dastur 2022-2023 yillarga mo’ljallangan bo’lib, unda UNICEF, UNFPA, BMTTD va BMT Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissar boshqarmasi ishtirok etadi.