BMT Taraqqiyot Dasturi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi mutaxassislarini o‘qitmoqda

11-September, 2024
Группа людей, позирующих перед камерой

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMT Taraqqiyot Dasturi) Yevropaning “Swiss Re” va “Europe Re” sug‘urta tashkilotlari hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro ekspertni jalb qilgan holda sug‘urta sohasi mutaxassislarini “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi” bo‘yicha o‘qitishga qaratilgan treninglar o‘tkazdi.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston sug‘urta bozori ishtirokchilarining qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida ham davlat idoralari, ham sug‘urta kompaniyalari darajasida malakasini oshirishdan iborat. O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimi va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarning doimiy ortib borishi munosabati bilan trening mavzusining muhimligini inobatga olib, xalqaro ekspert, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Olena Sosenka xonim ishtirok etdi.

человек, стоящий перед окном

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Ikki kunlik treningda ishtirokchilar, xususan, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning asosiy jihatlari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasidagi risklarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi mahsulotlarini o‘rganish va tushunish, istiqbollari shuningdek sug‘urta kompaniyalari va davlat tashkilotlari uchun qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi uchun dolzarb bo‘lgan boshqa mavzular bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Trening 2024-yil 09-10-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Istiqbolly loyihalar milliy  agentligi, Qishloq xo‘jaligi Vazirligi, , Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi, Gidrometeorologiya xizmati, sug‘urta kompaniyalari va davlat va xususiy sektorning boshqa bo‘limlaridan iborat Sug‘urta bozorining 30 nafardan ortiq ishtirokchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi

Ishtirokchilar trening bo‘yicha ijobiy fikr-mulohazalar bildirildi va trening mavzusining dolzarbligini va xalqaro amaliyotga asoslangan tegishli misollar bilan olingan bilimlarni, ma’lumotlarni taqdim etishning qiziqarli va interaktiv usulini qayd etdilar.

Группа людей, сидящих за столом

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Ilhom Jo‘rayev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya va subsidiyalar boshqarmasi boshlig‘i:

Qishloq xo‘jaligidagi tavakkalchiliklar o‘simlikchilik, fermerlar farovonligi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy tahdid solmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi xatarlarning yuqori darajasini, shuningdek, iqlim o‘zgarishi tufayli ularning yanada o‘sishini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish xavflarni boshqarishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu treningda ishtirok etish sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta sohasi vakillari uchun ham amaliy, ham nazariy jihatdan foydali ta’sir ko‘rsatdi.

Sobir Hasanov, “O‘zagrosug‘urta” AJ Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi boshqarmasi boshlig‘i:

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida sug‘urta - bu xavflarni boshqarish tizimining asosiy usullaridan biri, jumladan, iqlim xavflarini boshqarish tizimi. Shu bois sug‘urta kompaniyalari va sohaga aloqador boshqa bo‘limlar vakillari uchun ushbu tadbirda ishtirok etish amaliy va nazariy jihatdan foydali bo‘ldi.

Trening Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda sug‘urta va xavflarni moliyalashtirishni takomillashtirish” global loyihasi hamda “Swiss Re” va “Europe Re” sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish” loyihasi hamkorligi doirasida qo‘llab-quvvatlandi.  Uning asosiy maqsadi loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlarga sug‘urta tizimini rivojlantirish, O‘zbekiston sug‘urta bozori, shu jumladan: sug‘urta polisini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga integratsiyalash, inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish, suveren xavflarni moliyalashtirish, tabiiy ofatlar xavfi, sug‘urta sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish va h.k. “Swiss Re” va “Europe Re” sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishdan iborat.