BMT Taraqqiyot Dasturi sug‘urta sohasida salohiyatni oshirmoqda

4-November, 2024
UNDP Uzb
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan hamkorlikda sug‘urta bozori regulyatori va sug‘urta sohasi mutaxassislari uchun “Solvency II direktivasiga kirish” mavzusida xalqaro ekspert ishtirokida trening o‘tkazdi.

Solvency II sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari uchun Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan qo‘llaniladigan talablarni belgilaydi, sug‘urtalovchilar va benefisiarlarni yetarli darajada himoya qilishni ta’minlaydi. Solvency II sug‘urta va qayta sug‘urtalovchi tashkilotlarning "umumiy to‘lov qobiliyatini" miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari orqali baholash imkonini beruvchi riskga asoslangan yondashuvga ega.

Treningning asosiy maqsadi hukumat va sug‘urta tashkilotlari darajasida O‘zbekiston sug‘urta bozori ishtirokchilarining Solvency II direktivasini tushunish asosida institutsional tizim, jarayonlar va boshqaruvni mustahkamlashdan iborat. Treningni o‘tkazish uchun Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlarida sug‘urta bozorini tartibga solish bo‘yicha katta tajribaga ega va Yevropa Ittifoqi sug‘urtachilari uchun Solvency IIga oid talablarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan mutaxassislardan  biri bo‘lgan xalqaro ekspert, professor Karel Van Xulle taklif etildi. Ikki kun davomida u sug‘urtaning roli va “Sovency II” ning rivojlanishi, uning miqdoriy va sifat talablari, regulyatorning roli, “Tavakkalchilikka asoslangan to‘lov rejimini qurish”, sug‘urtada risklarni boshqarish va boshqa mavzularni yoritib berdi.

a group of people sitting at a table with a crowd watching
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Trening 2024-yil 29–30-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari hamda davlat va xususiy sektorning boshqa vakillaridan iborat 40 dan ortiq qatnashchilar ishtirokida  bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar tomonidan o‘tkazilgan trening bo‘yicha ijobiy fikrlar olindi; trening mavzusining dolzarbligi va xalqaro amaliyotga asoslangan misollar bilan yetkazilgan bilimlar, ma’lumotlarni taqdim etishning qiziqarli va interaktiv usuli qayd etildi.

Kamoliddin Abdurahimov, O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi direktori: salohiyatni mustahkamlash O‘zbekistonda sug‘urta sohasini rivojlantirishning tamal toshi hisoblanadi. Solvency II rejimi sug‘urtani rivojlantirish, himoya qilish va tartibga solishning noyob va barqaror usulini ta’minlaydi; shuning uchun treningda ishtirok etish O‘zbekiston sug‘urta bozori vakillari uchun juda foydali va muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Orifjon Fayziev, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Sug‘urta bozorini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i: Sug‘urta turli risklardan himoyalanishning eng samarali vositalaridan biridir. O‘zbekiston sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish, shu jumladan Solvency II direktivasiga rioya etish bo‘yicha ulkan maqsadni qo‘ymoqda. Sug‘urta bozorini tartibga solish butun dunyo bo‘ylab turli xil risklarning doimiy o‘sib borishi sababli tobora ko‘proq harakat talab qiladi. Sug‘urta sohasida risklarni boshqarish sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Solvency II bo‘yicha treningda ishtirok etish sug‘urta sohasi  regulyatoriga ham, sug‘urta sohasiga ham muhim bilim beradi hamda O‘zbekiston aholisini iqtisodiy o‘sishga va yuzaga kelayotgan xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishning aniq yo‘lini ko‘rsatadi.

a group of people sitting at a table
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Professor Karel Van Xulle, xalqaro ekspert: O‘zbekistonda “Solvency II” bo‘yicha trening o‘tkazish men uchun katta sharaf. Shuni ta’kidlashni istardimki, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan va O‘zbekiston aholisini turli xavf-xatarlardan himoya qiladigan sug‘urta sohasini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud. "Solvency II" bo‘yicha treningni tashkil etish salohiyatni mustahkamlash uchun muhim ta’sir ko‘rsatadi va O‘zbekiston sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish uchun yo‘l ochadigan muhim qadamdir. “Solvency II” rejimiga o‘tish uchun davlat tomonidan ham, sug‘urta sohasi ham uzoq yo‘lning har bir bosqichida bosqichma-bosqich o‘zaro hamkorlik va ulkan sa’y-harakatlarni talab qiladi”.

a group of people standing around a table
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Trening Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda sug‘urta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish” global loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi loyihada ishtirokchi davlatlarida sug‘urta tizimini rivojlantirishda yordam ko‘rsatishdan iborat. O‘zbekiston sug‘urta bozori, shu jumladan: sug‘urta siyosatini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga integratsiyalash, inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish, suveren risklarni, tabiiy ofatlar tavakkalchiligini moliyalashtirish, sug‘urta sohasiga qo‘shimcha sarmoyalarni jalb qilish va boshqalar.