“Buried diffuser” texnologiyasining qo‘llanilishi ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida namoyish etilmoqda
BMTTD Qoraqalpog‘istonda Tunisning yer osti sug‘orish texnologiyasini taqdim etmoqda
3-March, 2022
2022-yil 28-fevraldan 4-martgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida fermerlar va tegishli davlat idoralari vakillari uchun “Buried diffuser” innovatsion sug‘orish texnologiyasini qo‘llash mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘toqda. Trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi innovatsiyalar markazi tashabbusi bilan BMT shafeligida O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi moliyalashtirayotgan BMTTD, YuNFPA va FAOning “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish”. Qo‘shma dasturi doirasida o’tkazilmoqda.
Surat: UNDP
“Buried diffuzer” qurg‘oqchilik va uning oqibatlari haqida birinchilar qatorida xabardor Tunisda ishlab chiqilgan. Bu usul tomchilatib sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv sarfini ikki baravar kamaytirish, hosildorlikni esa 3-5 barobar oshirish imkonini beradi. U daraxtlar, sabzavotlar va konteyner o‘simliklarini sug‘orish uchun qo‘llaniladi.
O‘quv seminari va dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Tunisdan O‘zbekistonga ushbu noyob suvni tejash texnologiyasi ixtirochisi doktor Bellachheb Chahbani taklif qilingan.
Tadbir ishtirokchilari sug‘orishda suvdan samarali va barqaror foydalanish, shuningdek, qurg‘oqchilik oqibatlarini yumshatish va iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun doktor Chahboniy tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirilmoqda. Seminarning asosiy mavzulari qatorida ko‘milgan diffuzor bilan ishlash xususiyatlari, sug‘orish suvini filtrlash va taqsimlash tizimlari, suyuq o‘g‘itlarni gravitatsiyaviy in’eksiyalash, sug‘orish suviga atmosfera havosi yetkazib berish, sug‘orish vaqtida suv ta’minotini boshqarishning intellektual tizimlari va bir qator boshqalar oʻrin olgan. Tizim simsiz sensor va transmitter texnologiyasidan foydalanadi
Surat: UNDP
Dala mashg‘ulotlari davomidagi ishtirokchilarga sabzavot va mevali daraxtlarni sug‘orish, shuningdek, uzoq davom etadigan qurg‘oqchilikka qarshi kurashish uchun tuproqning chuqur qatlamlarida suv yetkazib berish va saqlash uchun ko‘milgan diffuzorni o‘rnatish va ishlatish usullari ko‘rsatib o‘tiladi.
Qayd etish joizki, bu “Buried Diffuser” texnologiyasining Markaziy Osiyo mintaqasida ilk taqdimotidir. Besh kun davom etadigan seminar va treninglar mahalliy fermerlar va tegishli davlat idoralari vakillarining Orolbo‘yi qurg‘oqchil sharoitida qishloq xo‘jaligining innovatsion tajribalari va ularni amaliyotga tatbiq etishning afzalliklari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Surat: UNDP