BMTTD yoshlarni qo’llab-quvvatlaydi: Farg‘ona yoshlar xakatoni

1-May, 2024
Surat: BMTTD O'zbekiston

2024-yil 26-28-aprel kunlari Farg‘ona shahrida BMTTD ko‘magida va Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona IT-parki, Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar bilan hamkorlikda Yoshlar Xakatoni bo‘lib o‘tdi. Tadbir 120 dan ortiq yoshlarni birlashtirib, 40 dan ortiq jamoalarni tashkil etdi. Ular birgalikda malaka oshirish, ta’lim resurslari, bandlikka oid yechimlar hamda tadbirkorlik va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion g‘oyalar, mo‘ljallangan raqamli platformalar va vositalarni ishlab chiqishga e’tibor qaratdilar. 

Surat: BMTTD O'zbekiston

Ushbu Xakatonning maqsadi Farg‘ona vodiysida yoshlarni ishsizlik muammolarini hal qilish va raqobatdosh mehnat bozorida zamonaviy yondashuvlar va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilish edi. Xakaton ishtirokchilari 72 soat davomida birgalikda jamoalarda ishlab, o‘zlarining innovatsion mahsulotlarini taqdim etdilar, jumladan: bino xavfsizligini ta'minlash tizimlari, korxonalar uchun kiberxavfsizlik xizmatlari, ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun maxsus elektron kitob tizimlari, jamoalarda tillarni o‘rganishning innovatsion usullari va boshqalar. 

 

Xakaton doirasida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi: unda yoshlarning bandlik, qashshoqlikni kamaytirish, ijtimoiy tafovutlarni, tengsizlikni kamaytirishdagi roliga qaratildi. Shu bilan birga, mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, unda yoshlarga IT sohasida ishlash imkoniyatlari taqdim etildi. 

Photo: UNDP Uzbekistan

Mazkur tadbir BMTTDning Farg‘ona vodiysidagi ustuvor faoliyatining bir qismi bo‘lib, unda yoshlar va ayollarning huquqlarini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratildi. Ushbu tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi kabi muhim davlat dasturlarida belgilangan yoshlarga oid ustuvor yo‘nalishlarda mamlakatimizda milliy sa’y-harakatlarni to‘ldirish va uyg‘unlashtirishga qaratilgan. 

Photo: UNDP Uzbekistan

Ushbu tadbir Daniya, Lyuksemburg, Janubiy Koreya Respublikasi va Shvetsiyaning BMT taraqqiyot dasturining "moliyalashtirish oynalari" (Funding Windows) orqali moliyaviy hissalari yordamida amalga oshirildi.