O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sug'urtasini rivojlantirish istiqbollari
29-May, 2023
2023-yilning 25-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Sugʻurta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish” loyihasi (IRFF loyihasi) tomonidan “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sugʻurta bozorini rivojlantirish boshligʻi oʻrinbosari Botir Usmonaliyev kirish soʻzi bilan ochdi va Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sohasida sugʻurta bozorini rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.
BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Inklyuziv oʻsish klasteri rahbari Bahodir Bekov kirish soʻzida qishloq xoʻjaligi sugʻurtasini rivojlantirish agrar soha yetakchi oʻrinda turadigan davlatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham dolzarb masala ekanligiga toʻxtaldi. Bahodir Bekov tadqiqotning asosiy natijalarini sanabo’tdi. Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasining rivojlanishini muntazam ravishda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha strategiya va shu orqali oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarining barqarorligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, fermerlar va tomorqa yer egalari, aholi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sugʻurtasining afzalliklarini tushuntirish ishlarini yanada kengaytirish zarur.
Davra suhbati kun tartibiga koʻra BMTTD loyihasi rahbari va xalqaro eksperti tomonidan tayyorlangan taqdimotlar eshitildi. BMTTD loyihasi rahbari Orzimurod Gʻaybullayev “Sugʻurta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish” loyihasining asosiy maqsadi va 2023-yilga moʻljallangan rejalari bilan tanishtirdi va davra suhbati qatnashchilarini umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida hamkorlik qilishga chaqirdi.
Loyihaning xalqaro eksperti d-r Rom Aviv “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi istiqbollari” toʻgʻrisida maʼruzaqildi. D-r Rom Aviv Shveysariya, Ispaniya, Turkiya, AQSh, Isroil, Uganda davlatlarida amaliyotda foydalanilayotganqishloq xoʻjaligi sugʻurtasi tizimi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Xalqaro ekspert Oʻzbekistondagi qishloq xoʻjaligisugʻurtasi joriy holatining chuqur tahlili va ilgʻor chet el tajribasi asosida Oʻzbekiston uchun yangi boʻlgan “Qishloqxoʻjaligi sugʻurtasi tizimini” (Agricultural Insurance Pool of Uzbekistan (AIPU) joriy qilishni tavsiya qildi.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan tadqiqot natijalari boʻyicha berilgan savollar, ularning qishloq xoʻjaligisohasidagi sugʻurta mahsulotlari, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan bildirgan fikrlari qizgʻinbahslarga sabab boʻldi. AIPU tizimini joriy qilishning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini sinchiklab oʻrganish, qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish tavsiya qilindi.