Mahallani rivojlantirish rejalari

Mahallani rivojlantirish rejalari

25-March, 2025

2025-2028 yillarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining qishloq joylarida joylashgan 157 ta mahallada  684 ta bolalar bog‘chalari, maktablar, qishloq vrachlik punktlari kabi ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qayta ta’mirlanishi, shu jumladan 63 tasi yangi qurilishi rejalashtirilmoqda. Buning natijasida 622 ming aholi uchun yashash sharoitlari yaxshilanishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga amalga oshirilayotgan va Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihamiz ana shunday ulkan maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ydi.

Amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini infografika yordamida ko‘rsatishga harakat qildik. Batafsil ma’lumotni shu infografikada ko‘rishingiz mumkin.

Regions and Countries
Sustainable Development Goals