OROLBO‘YI MINTAQASIDAGI BOSHLOVCHI VA TAJRIBALI ASALARICHILAR UCHUN QISQACHA QO‘LLANMA

OROLBO‘YI MINTAQASIDAGI BOSHLOVCHI VA TAJRIBALI ASALARICHILAR UCHUN QISQACHA QO‘LLANMA

20-May, 2024

Ushbu qisqacha qo‘llanma Qoraqalpog‘istonning pilot tumanlaridagi ekin maydonlariga chiqib, asalarizorlarni o'rganish natijasida va xalqaro ekspertni jalb qilgan holda ishlab chiqildi. Qo‘llanmada asalarichilik bo‘yicha amaliy asoslar berilgan bo‘lib, asalarilarni parvarish qilish va diversifikatsiyalangan asalarichilik mahsulotlarini yetishtirishning barcha agrotexnologik jarayonlari yoritilgan. Ushbu tavsiyalarni qo'llash asalarilar mahsuldorligini oshirishga, asalarilar salomatligi va atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lgan holda yuqori sifatli asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Qo‘llanma Orolbo‘yining endi ish faoliyatini boshlagan va tajribali asalarichilari uchun mo‘ljallangan.