O‘zbekistonda qishloq uylarining energetik auditi

O‘zbekistonda qishloq uylarining energetik auditi

18-June, 2020

Biz 2019-yilda O‘zbekistonning 5 ta viloyatida 800 ta bir qavatli 3 xonali energiya tejamkor va past uglerodli namunaviy qishloq uy-joylari barpo etdik. GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamkorlikdagi “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihamiz doirasida ushbu uylarga yoritish ehtiyojlari uchun quvvati 300 Vatt bo‘lgan foto-elektr stantsiyalari, o‘nta uyga esa issiq suv ta’minoti ehtiyojlari uchun quvvati 200 litr suvni isitishga yetadigan quyoshda ishlaydigan suv isitgichlari o‘rnatildi.

Loyiha bilan 2020-2021 yillarda 60 ta uyni, shu jumladan 2018-yilda Davlat dasturi doirasida energiya tejaydigan uskunalardan foydalanmagan holda qurilgan namunaviy qishloq uylarini ham energetik auditdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Energetik audit jarayonida mutaxassislar energiya ta’minoti, uning taqsimlanishi va iste’molini tekshiradi, bu ikkala tipdagi uylarda issiqlik va elektr energiyasining yillik iste’molini solishtirishga, issiqxona gazlarining atmosferaga tashlanish darajasini va energiya iste’molchilarining xarajatlarini aniqlashga yordam beradi. 

Yuklab olish