O‘zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy hayotda ishtirok etishi va yetakchilik qilishidagi to‘siqlarni bazaviy tadqiq etish
O‘zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy hayotda ishtirok etishi va yetakchilik qilishidagi to‘siqlarni bazaviy tadqiq etish
20-September, 2024
2024-yil insoniyat tarixidagi eng yirik saylovlar yilidir. 72 mamlakatda 3,7 milliard inson saylovda qatnashish imkoniyatiga ega. O‘nlab yillar davomida BMT Taraqqiyot Dasturi demokratik jarayonlarni mustahkamlash, saylovlarda yordam ko‘rsatish, ayollarning siyosatdagi ishtirokini oshirish va axborotning haqqoniyligini ta’minlash uchun mamlakatlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Saylovlarning “super yili”da BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi “O‘zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy hayotda ishtirok etishi va yetakchilik qilishidagi to‘siqlarni bazaviy tadqiq etish” tadqiqotini o‘tkazdi.
Bazaviy tadqiqotning maqsadi ayollarning siyosiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi qiyinchiliklar va to‘siqlarni aniqlash edi. Tadqiqot mamlakatimizning deyarli barcha hududlarini qamrab oldi va ayollarning yetakchilikdagi ishtiroki pastligini tushunishga, ayollarning mahalliy va milliy siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga to‘sqinlik qilayotgan stereotiplarni aniqlashga yordam berdi.
Tadqiqot seminarlar, fokus-guruh muhokamalari hamda xotin-qizlar yetakchiligini rivojlantirish va mamlakat siyosiy hayotida xotin-qizlarning rolini oshirish bo‘yicha amaldagi qonunchilikni o‘rganish orqali amalga oshirildi. Bazaviy tadqiqot asosida yetakchi va deputat ayollarni qo‘llab-quvvatlash, siyosiy va jamiyat hayotining barcha bosqichlarida ayollarning to‘liq ishtiroki hamda teng imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.