Markaziy Osiyoda uran merosi
Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bog`lik muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish. II bosqich
Loyihaning qisqacha tavsifi:
Markaziy Osiyoda uran merosi bilan bog`lik muammolarni xal qilishda manfaatdor tomonlarni jalb etish Loyiha II -bosqichining maqsadi – O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’izistondagi sobiq uran ob’ektlaridagi mahalliy jamoalarning xabardorligini oshirish va ijtimoiy yo’naltirilgan tadbirlarni qo’llab – quvvatlash orqali uran chiqindilarining odamlarga, yashash sharoitlariga va atrof-muhitga salbiy ta'siri xavfini kamaytirishdan iboratdir.
Kutilayotgan natijalar:
Loyihaning maqsadi quyidagi asosiy rivojlanish natijalari orqali amalga oshiriladi:
Mahalliy qaror qabul qiluvchilar va jamoat a'zolari o'rtasida uran chiqindilarining zarari va uning odamlarga, ularning yashash sharoitlari va atrof-muhitga ta'siri to'g'risida xabardorlikni oshirish;
Sobiq uran ob’ektlarida qaror qabul qilish jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish orqali normativ-huquqiy bazani samaradorligini oshirish;
Ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni tashkil qilish, jumladan kichik biznesni rivojlantirish, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish, sog’liqni saqlash va atrof muhitni himoya qilish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish;
Hududlarda hamkorlikni mustahkamlash;
Mintaqaviy komponent: transchegaraviy muvofiqlashtirish va bilim almashish.