COVID-19: 1990 yildan buyon ilk bora insoniyat taraqqiyoti ko'rsatgichlari pasaymoqda

20-May, 2020

Photo: UNDP Uzbekistan

Nyu-York, 2020 yil 20 may – Ta'lim, sog‘liqni saqlash va hayot darajasi ko‘rsatkichlarining asosida o‘lchanadigan Umumjahon insoniyat taraqqiyoti indeksi mazkur konsepsiya 1990 yilda joriy etilganidan buyon ilk bora ushbu yilda pasayishi mumkin, qayd etadi Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD).

«So‘ngi 30 yil mobaynida dunyo ko‘plab inqirozlarning, jumladan 2007-2009 yillarda sodir bo‘lgan umumjahon moliyaviy inqirozning guvohi bo‘ldi. Ulardan har biri insoniyat taraqqiyotiga og‘ir zarbalarni berdi, ammo umuman olganda, rivojlanish sohasida butun dunyo bo‘ylab erishilgan muvaffaqiyatlar yil sayin o‘sib bormoqda», - deb ta'kidladi BMTTD Administratori Axim Shtayner. «COVID-19 – sog‘liqni saqlash, ta'lim va daromadlarga uch taraflama zarba berish orqali – ushbu intilishni o‘zgartirib yuborishi mumkin».

Insoniyat taraqqiyotining asosiy sohalalaridagi pasayish davlatlarning ko‘pchiligida – xoh boy bo‘lsin, xoh kamabag‘al, va har bir mintaqada sezilmoqda. 

COVID-19 virusidan vafot etgan odamlar soni 300 000 nafardan oshib ketdi. Umumjahon darajada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad qisqarishi joriy yilda 4%ni tashkil etishi kutilmoqda.

BMTTD baholoviga ko‘ra, maktablar yopilishi munosabati bilan boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning, Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarni hisobga olish orqali tuzatish kiritilgan bugungi kundagi nisbiy ko‘rsatkichi shundan dalolat qiladiki, bolalarning 60% ta'lim olmaydi. Bu kabi holat dunyoda 1980-yillardan buyon kuzatilmagan edi.

Ushbu larzaga keltiruvchi holatlarning birgalikdagi ta'siri insoniyat salohiyati rivojlanishining tarixdagi eng yirik pasayishiga olib keldi.

Shuningdek, pandemiyaning boshqa ahamiyatli oqibatlarini, masalan gender (ayollar va erkaklar o‘rtasidagi) tenglikni o‘rnatish yo‘lidagi rivojlanishning sekinlashuvini ham inobatga olish lozim. COVID-19 pandemiyasining ayollar va qizlarga ta'siri iqtisodiy sohada (daromadlarning pasayishi va jamg‘armalarning qisqarishi, bandlikning beqarorligi), reproduktiv salomatlikda, haq to‘lanmaydigan uy mehnatining ortib borishida va gender (xotin-qizlarga nisbatan) tajovuzkorlik darajasining o‘sishida namoyon bo‘lmoqda.

COVID-19: tengsizlik uchun «zarrabin»

Insoniy salohiyatning rivojlanish darajasining pasayishi rivojlangan davlatlarga nisbatan pandemiyaning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini kamroq darajada yengib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda kattaroq ko‘lamda bo‘lishi kutilmoqda. 

BMTTD baholoviga ko‘ra, insoniy rivojlanish past darajada bo‘lgan mamlakatlarda, maktablar yopiq bo‘lgan va masofaviy ta'limdan barcha birdek foydalana olmaydigan sharoitlarda, boshlang‘ich sinflarda ta'lim oluvchi bolalarning 86% bugungi kunda aslida mashg‘ulotlarda qatnashmaydilar. Taqqoslash uchun, insoniy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich faqatgina 20% tashkil qiladi. 

Internetdan barcha birdek foydalana olishini ta'minlash mazkur tengsizlikni bartaraf etishga yordam berishi mumkin. 

Qat'iy, adolatga yo‘naltirilgan javob choralari iqtisodiyotlar va jamiyatlarni samarali muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi va COVID-19 pandemiyasining uzoq muddatli oqibatlarini yumshatishga imkon beradi.

«Inqiroz shuni ko‘rsatdi-ki, agar biz tenglikni ta'minlash masalalarini siyosatni yurgizish hujjatlari tarkibiga kirita olmasak, ko‘pchilik «chetda qolib ketadi». Bu ayniqsa masofaviy ta'lim, teletibbiyot va uydan turib ishlash afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi Internet tarmog‘idan barcha birdek foydalana olishini ta'minlash kabi XXI asrning «yangi ehtiyojlari» uchun muhim ahamiyat kasb etadi», - deydi Pedro Konseysho, Inson taraqqiyoti to‘g‘risidagi BMTTD Hisoboti byurosi direktori.

Tenglikni ta'minlashga yo‘naltirilgan yondashuvlarni tadbiq etish bemalol amalga oshirilishi mumkin. Misol uchun, daromad darajasi past va o‘rta bo‘lgan mamlakalardagi barcha odamlarni arzon Internet bilan ta'minlash hisob-kitoblarga ko‘ra jahon hamjamiyati COVID-19 bilan kurashga ajratayotgan moliyaviy yordam miqdorining atigi bir foiziga teng bo‘lar ekan.

Tenglikni ta'minlashning muhimligiga COVID-19 inqiroziga javob tariqasida kechiktirilmaydigan ijtimoiy va iqtisodiy choralarni ko‘rish bo‘yicha Birlashgan millatlar tashkilotining doiraviy dasturida urg‘u berilgan. Unda “yashil”, samarali va gender jihatlarni hisobga oluvchi boshqaruvning tayanch tamoyillari bayon etilgan bo‘lib, ular asosida “yangi me'yorlarni” barpo etish mumkin bo‘ladi. 

Dastur inqirozni yengib o‘tish bo‘yicha faoliyatning beshta ustuvor yo‘nalishlarini taklif qilmoqda: sog‘liqni saqlash tizimlarini va xizmatlarini muhofaza qilish; aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish; ish joylarini saqlab qolish hamda kichik va o‘rta biznesga, iqtisodiyotning norasmiy sektoriga yordam berish; makroiqtisodiy siyosatni barchaning manfaati uchun saflantirish; ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash maqsadida tinchlik, samarali boshqaruv va o‘zaro ishonchga ko‘mak berish. 

BMTTD xalqaro hamjamiyatni rivojalanayotgan mamlakatlarning ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirishga kechiktirmay investisiya qilishga chaqiradi. 

«COVID-19 sharoitida insoniyat salohiyatini rivojlantirish istiqbollari: Ta'sirni baholash, tiklanish istiqbollari»ga havola: http://hdr.undp.org/en/hdp-covid

**

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun yoki ommaviy axborot vositalariga intervyu uchun quyidagi shaxslar bilan bog‘laning:

Adam Katro; adam.cathro@undp.org; +1 212 906 5326 (Nyu-York)

Anna Ortubia anna.ortubia@undp.org +1 646 642 4071 (Nyu-York)

Feruza Nomozova, feruza.nomozova@undp.org (Toshkent)