BMTTD o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi eng so‘nggi ekologik kurashish uslublarini olg‘a suradi

13-February, 2019

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida BMTTD bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari va uzumchilik agrofirmalari uchun o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uslublari bo‘yicha seminar tashkil etdi. Tadbir ishtirokchilariga o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi ko‘rashishdagi monitoring va ogohlantirish axborot tizimining qo‘llash natijalari taqdim qilindi hamda tomorqalarda uni tadbiq qilish ustuvorliklari bilan tanishtirildi.

BMTTDning «Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish» loyihasi doirasida Farg‘ona vodiysi fermer xo‘jaliklarining vakillari orasida avvalroq olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jalik ekinlarini kasallanishining oldini olishda va hosilga ziyon keltirayotgan zararkunandalar bilan kurashishda fermerlar va aholi atrof muhit ekologiyasi va inson salomatligiga doim ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmayotgan kimyoviy kurashni afzal ko‘rmoqdalar.

Nokimyoviy (biologik) himoya vositalarini targ‘ib qilish maqsadida, loyiha doirasida 100dan ortiq feromon tutqichlar o‘rnatilib, 20ga maydondan ortiqroq uy xo‘jalik tomorqalari va bog‘larga foydali hashorotlar qo‘yildi, shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlari va mevali daraxtlarga tushadigan kasallik va zararkunandalarning tarqalishining oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradigan 2ta kichik meteostansiyalar o‘rnatildi. Ularning ishlash prinsipi yog‘ingarchilik miqdori, havo va tuproq harorati, havo, tuproq va yaproqning nisbiy namligi, shamol tezligi va yo‘nalishini belgilovchi datchiqlar ko‘rsatkichlarini o‘qish va tahlil qilishga asoslangan.

O‘rnatilgan meteostansiyalar, feromon tutqichlar, foydali hashorotlar bilan ishlash natijalari seminar ishtirokchilariga taqdim etildi. Feromon tutqichlar foydalanuvchilari o‘rtasida olib borilgan so‘rovnomaga ko‘ra 40% yaqin ishtirokchilar zararkunandalarni ozayganini sezishgan, 38% kimyoviy ishlov berishni kamaytiriganliklarini va 90% ziyodroqlari kelgusida ham biologik himoya vositalaridan foydalanib ularni qo‘llashni targ‘ib qilishlarini bildirganlar.

Shuni ta’kidlash joiz-ki, meteostansiyalarning biri, shuningdek zararkunandalarning tarqalishini masofadan kuzatish uchun elektron feromon tutqich hamda fermer xo‘jaliklar haqidagi ma’lumotlar, ularda yetishtirilayetgan ekinlar, mavsumlar mobaynida tarqalgan kasallik va zararkunandalar va ularni bartaraf etish borasida olib borilgan choralar haqidagi ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan SMS ilovalar Toshkentdagi Inxa universiteting yosh professor olimlari Jasurbek Xodjayev va Sarvar Abdullayevlar tomonidan ushbu loyiha uchun alohida ishlab chiqilgan.

Seminarda loyiha 2 yildan beri mahallalar aholisini foydali hashorotlar bilan ta’minlashda yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan Namangan Bioservis korxonasining vakillari namunaviy misol tariqasida gabrabrakon, trixogramma va oltinko‘zlarning qo‘llanishi nafaqat yirik paxta va g‘alla dalalarida, balki kichik bog‘dorchilik xo‘jaliklarida ham samarali bo‘lishi haqida so‘zlab berdilar. Birgina trixogrammaning o‘zini 60dan ziyod zararkunandalarga qarshi qo‘llash mumkinligi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tutqichlar va kichik meteostansiyalarni tadbiq qilinishi tuman aholisiga o‘simliklar profilaktikasi va himoya qilish hamda samarali va o‘z vaqtida qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar haqida ogohlantiruvchi sms xabarlarni olish imkoniyatini beradi.

Qishloq xo‘jaligining modernizatsiyasi va intensiv rivojlantirish orqali yuzaga kelayotgan iqtisodiy o‘sish BMT a’zo davlatlari tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining yo‘nalishlaridandir.

***

“Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi “Markaziy Osiyoda savdo rivojlanishiga ko‘maklashish – III bosqich” mintaqaviy loyihasining O‘zbekistodnagi milliy komponenti. Ushbu loyiha aholi daromadlarini oshirish, yangi ish joylarini yaratish va eksport hajmini oshirishda yordam berishga qaratilgan.