Bugun Xalqaro terrorismga olib keluvchi zo`ravon ekstremizmning oldini olish kuni nishonlanadi
12-February, 2023
Ushbu kun 2022-yil 20-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan zo`ravon ekstremiz bilan bog`liq tahdidlarga hushyorlikni oshirish, va ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida e`lon qilingan.
BMTTD zo`ravon ekstremizmning barcha ko`rinishlarini qoralaydi hamda O`zbekistonda zo‘ravonlik va radikallashuv tarqalishiga olib keluvchi holatlarni bartaraf etishga qaratilgan sa`y-harakatlarni qo`llab-quvvatlashda davom etadi.
BMTTD tomonidan O`zbekistonda "Osiyoda zo'ravon ekstremizmga qarshi barqarorlikni kuchaytirish (STRIVE Asia)" global loyihasi - Yevropa Ittifoqi va BMTning qo`shma hamkorligi amalga oshirmoqda. Loyiha orqali BMTTD Hukumatga „2021-2026 yillarga mo'ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi”ni amalga oshirishda ko'mak berishni maqsad qiladi va bunda asosiy urg'u mahallalarda ijtimoiy inklyuziv qarorlar qabul qilishni takomillashtirish, ekstremizga qarshi kurashish va uni oldini olish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning bu yo'ldagi samarali ishtiroki, aholining xabardorligi va hushyorligini oshirish va ekstremizga qarshi kurashish va uni oldini olish bo'yicha bilim darajasini kuchaytirish, hamda jamoa orasida ekstremizmga olib kelishi mumkin bo'lgan norozilik holatlarini erta bosqichda aniqlash kabi masalalarga beriladi.
Loyiha doirasida 150 dan ortiq mahalla yetakchilari uchun zo`ravon ekstremizmining oldini olish va radikallashuvning erta belgilariga choralar ko'rishga oid maxsus kurslar tashkil etildi; zo'ravon ekstremizmning oldini olish sohasida mahalliy NNTlarning tashabbuslarini amalga oshirishga grantlar ajratildi; mahalla manfaatlarini ifodalovchi maslahat guruhlari tashkil etildi.