Qoraqalpog'iston Respublikasining chekka tumanlaridagi yoshlar va ayollar raqamli tadbirkorlik va marketing asoslarini o’rganmoqda
16-October, 2023
2023-yil 25-sentabrdan 13-oktabrgacha BMTTD, UNICEF va FAO hamkorligidagi qo’shma dastur doirasida Kegeyli, Qorao'zyak va Chimboy tumanlarining 60 nafar yoshlar va ayollari uchun raqamli tadbirkorlik va SMM (ijtimoiy tarmoqlarda marketing) bo’yicha treninglar o'tkazildi.
Kasbiy tayyorgarlik orqali qishloq yoshlari va ayollarining salohiyatini oshadi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo’ladi va mintaqadagi ishsizlik va qashshoqlik soni ham kamayadi. Trening yoshlar va ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishi, yoshlar va ayollar o'rtasida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun maxsus o'quv dasturlari orqali ularning jamoaviy salohiyati va ko'nikmalarini va daromad keltiruvchi individual yoki oilaviy biznesni yaratish uchun turtki bo'lishi kutilmo
BMTTD Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligida samaradorlikni oshirish va innovatsiyalarni joriy etishga, yoshlar, ayollar, shuningdek, nogironligi bo'lgan shaxslar, ayollar boshchiligidagi oilalar, mehnat migrantlari va boshqalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay infratuzilmaga ega aqlli va raqamli jamoalarni ilgari surishga ko'maklashadi.
Treninglar BMTning O'zbekistondagi Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo'yicha ko'p sheriklik trast fondi tomonidan O‘zbekiston, Norvegiya, Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Germaniya hukumatlari hamda «Alwaleed Philanthropies” xayriya tashkiloti ko‘magida moliyalashtiriladigan BMTTD, UNICEF va FAO hamkorlikdagi "Orolbo'yi mintaqasida yashil va innovatsion rivojlanish orqali yoshlarning porloq kelajakka erishish yo'lida imkoniyatlarini kengaytirish" dasturi doirasida tashkil etildi.