Muallif: Gulnur Kaypnazarova
Gullagan umid: Orol dengizining cho‘l landshafti asalarichilik orqali shifobaxsh kuchni ochib beradi
22-January, 2024
Orol dengizi mintaqasi kabi ekologik falokat sharoitida o‘zingizning asalarichilik uyingizni yaratishni orzu qilganmisiz? Bir qarashda, bu og‘ir sharoitlar, ayniqsa asalarichilik uchun muhim bo‘lgan gullaydigan o‘simliklarning yetishmasligi tufayli imkonsiz bo‘lib ko‘rinadi. Biroq, Orol dengizining syurreal landshaftlari o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi, bular dorivor, yem-xashak, meva, tanin, efir moyi va asal o‘simliklarining o‘sishiga yordam beradigan o‘simlik qoplamining xilma-xilligi.
Biz barcha mamlakatlardan sayyohlarni jalb qiladigan joy Mo‘ynoq tumani Orol dengizining qurigan tubi yaqinida joylashgan, kemalar qabristoniga yo‘l oldik. Bu yerda bizning qahramonlarimiz-asalarichilardan biri Zamira Jaulibayeva yashaydilar.
Mo‘ynoq tumani aholisining hayotini o‘zgartirgan topilma
Zamiraning kuni Orolbo‘yi cho‘l manzaralarida asalarilarning yovvoyi dorivor asal o‘simliklaridan to‘plangan xushbo‘y va boy asal ta’midan boshlanadi. Bu asal, hayotni o‘zgartiruvchi kashfiyot, uning oilasi dasturxonidagi asosiy taomga aylangan. Uning oilasi o‘z asalining shifobaxsh xususiyatlarini ko‘plab kasalliklar uchun davolovchi vosita sifatida biladi.
Hikoya 1997-yilda Zamiraning turmush o‘rtog‘i Jenis Boldikov Buxoroda asalarichilarga yordam berayotganda asalarichilikka qiziqib qolganidan boshlanadi. 2022-yilga kelib BMTning inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi tomonidan moliyalashtiriladigan Birlashgan millatlar Tashkilotining Qo‘shma dasturi (BMTTD, UNFPA va FAO) doirasida Zamira oilasi Orolbo‘yi mintaqasida asalarichilik uchun zarur bo‘lgan jihozlar olinib, bu oilaning asalarichilik orzusi ushaldi.
Shafqatsiz iqlimning qiyinchiliklariga qaramay, Zamiraning oilasi asalning katta qismini qoldirgan holda asalarilarning moslashishiga yordam berishni davom etmoqda. Zamiraning sadoqati nafaqat asalarichilikka, balki o‘simlikchilikka ham tegishli bo‘lib, asalarilar uchun noyob oziq-ovqat zaxirasini yaratishga hissa qo‘shadi. Cho‘l o‘simliklaridan, shu jumladan qumli Akatsiya va Sistanxadan olingan asal o‘ziga xos ta’m va hidga ega bo‘lib, tabiiy dori-darmonlar to‘plami bo‘lib xizmat qiladi.
Zamira Mo‘ynoqning sayyohlar orasida mashhurligidan foydalanib, Orol dengizining noyob asalini butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilishni rejalashtirmoqda. Uning fikricha, ushbu noodatiy mintaqada to‘plangan tabiiy asalarichilik mahsuloti ekologik barqarorlik kelajagiga qadamdir.
Kichkina asalarilarda umid topish
Boshqa bir qahramonimiz - asalarichi Alimash Mirzayeva, hayotdagi qiyinchiliklarga, shu jumladan miya saratoni tashxisiga duch keldi. BMTTD, UNICEF va FAO "Orolbo‘yi mintaqasida yashil va innovatsion rivojlanish orqali yoshlarning porloq kelajakka erishish yo‘lida imkoniyatlarini kengaytirish" qo‘shma dasturi unga asalarichilik bilan shug‘ullanish imkoniyatini berdi. Ushbu tashabbus nafaqat uning hayotini tiklashga, balki unga yangi maqsad va kasallik bilan kurashish usulini ham yordam berdi.
U darhol loyihada ishtirok etishga qaror qilmagan edi, «turmush o‘rtog‘im meni bunga undadi, xayriyatki, u oilaviy tajribaga ega edi», - deb eslaydi u. Keyin Alimash o‘zining qiziqarli hayotining yangi sahifasini muvaffaqiyatli ochdi. "Bu ajoyib mayda jonzotlar tom ma’noda ruhimni davolashdi, kasalligimni unutishimga imkon berdi", deb tan oladi Alimash.
Alimashning asalarichilik tomon hayotiy yo‘li, tajribali asalarichilar rahbarligida, Orol dengizi mintaqasining imkoniyatlarini ta’kidlab, asalni muvaffaqiyatli olishga olib keldi. Zamira singari, Alimash ham mintaqaning boy florasidan foydalangan holda asalarichilikni rivojlantirishga intiladi. Bizning asalarichilik qahramonlarimiz ishlab chiqaradigan asal nafaqat noziklik, balki kasalliklarning oldini olish usulidir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlaymizki, Zamira va Alimash Qo‘shma dasturning boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda Orol dengizi mintaqasining boy florasidan foydalangan holda asalarichilikda kashshof bo‘lib hisoblanadi. Hikoya davom etar ekan, dorivor asal o‘simliklaridan olingan asal ko‘plab kasalliklar uchun davolovchi vosita bo‘lib, jamiyat, mintaqa va mamlakatga umid va farovonlik baxsh etishi mumkinligi ayon bo‘ladi.
Izoh: Orolbo‘yi hududida o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, Amudaryo deltasida 161 turdagi dorivor o‘simliklar, Ustyurt platosida 85 turdagi dorivor o‘simliklar o‘sadi. So‘nggi yillardagi ma’lumotlar yangilanmagan.