Akiko Fujii xonim BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakilasi etib tayinlandi

30-July, 2024
a man standing in front of a sign
Surat: Ixtiyor Raxmon, BMT Taraqqiyot dasturi

Toshkent, O‘zbekiston - 2024-yil 30 iyul – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Akiko Fujii xonimning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakilasi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Fujii xonim BMT Taraqqiyot Dasturida 25 yildan ortiq tajribaga ega, butun dunyoda turli rahbarlik lavozimlarini egallagan. Oʻzbekistonga tayinlanishidan oldin u Maldiv orollaridagi doimiy vakilasi, hamda Vyetnamda, Fijidagi koʻp davlat idorasida (oz ichiga Fiji, Mikroneziya Federativ Davlatlari, Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu va Vanuatu davlatlarini oladi) va Yamaykada doimiy vakil oʻrinbosari bo’lgan. Uning BMT Taraqqiyot Dasturidagi keng qamrovli faoliyati Sudan, Tokio va Pokistonda ham o’ynagan muhim rollarni o'z ichiga oladi.

Fujii xonim Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibiga sodiqdir. Yatakchi rahbar sifatida u iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda, inqirozli va ziddiyatli vaziyatlarda keng ko‘lamli gumanitar yordamni boshqarishda, barcha uchun adolatli va barqaror inson taraqqiyotiga erishish uchun boshqaruv tizimlari bo‘yicha maslahat berishda faol ishtirok etgan.

BMT Taraqqiyot Dasturidagi karyerasidan oldin Fujii xonim turli rivojlanish tashkilotlarida, jumladan, Venadagi (Avstriya) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO) va Kiotodagi (Yaponiya) jamoatchilikni rivojlantirish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlagan. Uning rivojlanish sohasiga sodiqligi erta boshlangan: u hali talaba bo‘lganida,  1995-yilda Kobe shahri yaqinidagi zilzila qurbonlariga ko’ngilli sifatida yordam bergan.

Fujii xonim Buyuk Britaniyaning Sasseks universitetida gender va rivojlanish bo‘yicha, Yaponiyaning Kioto universitetida inson va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha magistr darajalariga ega.

Fujii xonim O‘zbekistondagi yangi lavozimida barcha uchun adolatli, barqaror va inklyuziv taraqqiyot yo‘lida ishlashni intiqlik bilan kutmoqda.

Tafsilotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

Shaxnoza Zafariy, BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi kommunikatsiyalar koordinatori 

Elektron manzil: shakhnoza.zafari@undp.org 

Telefon: +998935547895