Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi loyihalar uchun grantlar tanlovi

6-September, 2024
Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi loyihalar uchun grantlar tanlovi

Foto: O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga joriy etish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish” mavzusidagi tanlov e’lon qiladi.


Tanlovning maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imijini targ‘ib qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga joriy etish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish.


Tanlovning asosiy vazifalari:

  • fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati doirasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish;
  • fuqarolik sektori salohiyatini an’anaviy va innovatsion yechimlarni izlashga jalb qilish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga nisbatan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish;
  • korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini ko‘proq jalb etish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
  • ayollar korrupsiyaga ko‘proq moyil bo‘lgan sohalarda inklyuziv usullarni joriy etish va raqamli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash.
     

Tanlovning asosiy yo‘nalishlari:
Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mexanizmlariga sharoitlar yaratish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirish:

  1. Korrupsiyaga moyilligi yuqori bo‘lgan sohalarda tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazish;
  2. Korrupsiyaga qarshi innovatsiyalar va noodatiy yechimlarni ishlab chiqish va yaratishda xotin-qizlar va yoshlarning roli va ishtirokini oshirish;
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida korrupsiyaning oldini olish;
  4. Korrupsiyaga qarshi faoliyatni yoritish va korrupsiya holatlari bo‘yicha jurnalistik tekshiruvlar o‘tkazish uchun jurnalistlarning salohiyatini rag‘batlantirish;
  5. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarida jamoatchilik nazorati, ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish.

    Loyihalarning muvaffaqiyatli natijalari O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat va jamiyatning an’anaviy muammolariga turli yechimlarni topish imkonini beradi.
     

Kimlar ishtirok etishi mumkin:

Respublikadagi NNTlar (O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, o‘quv (ta’lim) va ilmiy muassasalar, agar ularning ustavida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar grant loyihasi mavzusiga mos keladigan bo‘lsa).
 

Ishtirok etish tartibi:

  1. Tanlovning Konsepsiyasi va Nizomi bilan tanishib chiqish;
  2. Ariza shaklini yuklab olish;
  3. To‘ldirilgan arizani tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari bilan anti-corruption.contest@undp.org elektron pochta manziliga yuborish.
    Hujjatlar 2024-yilning 23-sentyabrgacha qabul qilinadi.

    Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling: +998901751257, +998 71 202 04 02 (421).