#Kambag‘allik muammosini bartaraf etish uchun biz barchani birgalikda harakat qilishga undaymiz!

Yoshlar orasida Raqamli san’at dizayn tanlovi: 2024-yil Kambag‘allikka Barham Berish Xalqaro Kuni munosabati bilan

23-September, 2024
text

1. Kirish 

Kambag‘allik bir qator qirralarni o‘z ichiga oladi, ba’zilari darhol nazarga tushmasa-da, ammo ular chuqur chambarchasdir. 2024-2025-yillarda bo‘lib o‘tadigan Kambag‘allikka Barham Berish Xalqaro Kuni (IDEP) munosabati bilan, e’tibor Kambag‘allikning Yashirin Qirralari- kam ta’minlangan odamlar duch keladigan ijtimoiy va institutsional zo‘ravonlikka qaratiladi. Mavzuda adolatli, tinch va inklyuziv jamoalarni barpo etish uchun Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida hamkorlik qilishga urg‘u beriladi.

“Azob-uqubatlar hech qachon tugamaydigan va kuchayib boradigan salbiy fikrlar va hissiyotlarni o‘z ichiga oladi: nimadir bo‘lishidan qo‘rqish; juda kam resurslar yoki aktivlarni yo‘qotishdan qo‘rqish; kambag‘alligi “fosh” bo‘lib qolsa, boshqalar nima deyishi haqida tashvishlanish; noaniqlik bilan kurashishda qiyinchiliklardan kelib chiqadigan stress va xavotirlanish; yashash sharoitlariga bog‘liq uyat va yordam so‘rash; resurslar yetishmasligi yoki boshqalarga taqdim eta olmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan ayb; farzandlaridan ajralishning chidab bo‘lmas og‘rig‘i; kambag‘allikni bartaraf etishga bo‘lgan umidsizlik va tushkunlik.”

Kambag‘allikda yashayotgan shaxslar ko‘pincha tashqi ko‘rinishi, aksenti yoki yashash joyi yo‘qligi sababli jamiyatda kamsitish va muhokama qilinishga duch kelishadi. Ular ko‘pincha o‘z sharoitlari uchun ayblanadilar va hurmatsizlik bilan muomala qilinadilar. Kambag‘allik ko‘plab qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa jabrlanganlar uchun salbiy tajribalar yaratadi. Moliyaviy qiyinchiliklardan tashqari, kambag‘allikda yashovchilar ko‘pincha jamiyatning ijtimoiy xurofot va kamsitishlariga duch kelishadi. Ular ko‘pincha tashqi ko‘rinishi, nutqi yoki yashash sharoitlari kabi omillarga asoslanib nohaqlikka uchraydilar.

Ko‘pchilik o‘zlarini rad etilgan, noloyiq yoki xo‘rlangan his qilishadi va kambag‘allik darajasidan chiqishga urinayotganlarida, ular yanada yomon ahvolga tushib qolishadi. Kambag‘allikda yashash kamsitilgan, istisno qilingan va ekspluatatsiya qilinganligini anglatadi, bu esa chuqur jismoniy, ruhiy va hissiy azob-uqubatlarga olib keladi – shaxs o‘zini xavf ostida, qo‘rqayotgan va umidsiz his qiladi. Kamsituvchi qarashlar va amaliyotlar kambag‘allikda yashayotganlarni umidsizlik va kuchsiz his qilishlariga sabab bo‘ladi.

“Kerakli resurslar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yetarli darajada to‘yimli oziq-ovqat va kiyim-kechak; yaxshi sanitariya sharoitlari bilan sifatli, hamyonbop turar joy; toza ichimlik suvi va ishonchli energiya manbai bilan ta’minlash; xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash; yaxshi jihozlangan maktablarda kamsitilmasdan ta’lim olish imkoniyati; arzon, qulay va samarali sog‘liqni saqlash va stomatologik xizmatlar; xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transporti; xavfli hududlarda yashash xavfsizligi. Ushbu resurslarga kirish imkoniyatining yo‘qligi shuni anglatadiki, shaxslar, oilalar va jamoalar o‘zlarining kunlik ehtiyojlarini qondira olmaydi, faxr bilan yashashga yoki oilaviy o‘sish va shaxsiy rivojlanish uchun yetarli sifatli vaqtdan foydalanishga imkon topa olmaydi.”

Adolatli, tinch va inklyuziv jamiyatlar uchun birgalikda harakat qilish

O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) kambag‘allik va tengsizlikka qarshi kurashda barqaror taraqqiyot dasturlarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Turli tashabbuslar orqali BMTTD ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj jamoalarni qo‘llab-quvvatlaydi, zarur resurslarga kirishni kengaytiradi va mahalliy imkoniyatlarni mustahkamlash orqali yashash sharoitlarini yaxshilaydi. Hukumat va boshqa hamkorlar bilan yaqindan ishlagan holda, BMTTD barqaror jamoalarni barpo etish, iqtisodiy imkoniyatlarni rivojlantirish va kambag‘allikdan aziyat chekkanlar rivojlanish jarayonlariga qo‘shilganligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi, bu esa Barqaror Rivojlanish Maqsadi 1 – kambag‘allikning barcha qirralariga barham berishga hissa qo‘shadi.

Ijodkor Yoshlarni Qo‘llab-quvvatlash: Kambag‘allikka qarshi ogohlikni oshirish maqsadidagi Raqamli San’at Tanlovi

BMTTD O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan raqamli san’at tanlovi yoshlar o‘rtasida ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan bo‘lib, ularni kambag‘allik va Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) oid asosiy masalalarni hal qilishda ishtirok etishga undaydi. Ushbu tanlov yoshlar uchun kambag‘allikning yashirin qirralari va uning keng ko‘lamli oqibatlari bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarlarini ijodiy ifodalash platformasini taqdim etadi. Yoshlarni badiiy tadqiqotlarga jalb qilgan holda, tanlov inklyuziya, hamdardlik va xabardorlik kabi qadriyatlarni ilgari suradi, ishtirokchilarni turli ijtimoiy va iqtisodiy muammolar haqida turli manbalardan ma’lumot olishga va kambag‘allikni boshidan kechirgan jamoalar haqida bilishga undaydi.

BMTTD kambag‘allik adolatsiz tizimlar, strukturaviy kamsitish va ekspluatatsion iqtisodiy amaliyotlar tufayli davom etishini e’tirof etadi. Kambag‘allikdan ozod bo‘lish uchun, unga qarshi kurashda eng ko‘p aziyat chekkanlarni jalb etib, muhokamalar va amaliy harakatlar olib borish zarur. 

Adolatli, tinch va inklyuziv jamiyatlarni barpo etish uchun shaxdam qadamlar talab etiladi:

  • Kambag‘allikni boshidan kechirgan insonlarga o‘z fikr va tajribalarini bo‘lishish imkoniyatlarini yaratish va ularning bilimlari qadrlanishiga ishonch hosil qilish. 

  • Kambag‘allikda yashovchi shaxslarning o‘z hayotlariga bo‘lgan ishonchlarini tiklash va o‘z hayotlarini boshqarishlariga yordam beradigan harakatlarni qo‘llab-quvvatlash.

  • Kambag‘allikdan aziyat chekkanlarning muhim hissalarini tan olish, ayniqsa, ularning siyosat va amaliyotlarga bo‘lgan o‘ziga xos tushunchalarini qadrlash.

Kambag‘allikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan, Raqamli San’at Tanlovi quyidagi maqsadlarga erishishni ko‘zlaydi:

  • O‘zbekiston yoshlari orasida ilhom berish va ularni jalb qilish, ularga raqamli san’at orqali kambag‘allik va tengsizlikning yashirin qirralari haqida o‘nuqtayiai nazarlarini ijodiy ifodalash imkoniyatini yaratish.

  • Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), ayniqsa BRM 1 (kambag‘allikka barham berish) haqida ogohlikni oshirish, ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni chuqurroq tushunishga hissa qo‘shish va kambag‘allik muammosini keng ko‘lamda yoritish.

  • San’at asarlarini kuchli vosita sifatida jamoatchilik e’tiboriga taqdim etish, ularni raqamli platformalar va jamoat joylarida namoyish etish orqali kambag‘allikni yengishga qaratilgan ogohlikni oshirish va harakatlarni ilhomlantirish.

2. Taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatma va talablar

Mavzuga moslik: Barcha ishlar O‘zbekistondagi Kambag‘allikning Yashirin Qirralarini yoritishga qaratilgan musobaqa mavzusiga, Ko‘p O‘lchovli Kambag‘allikka mos bo‘lishi kerak.

Yosh cheklovi: Nomzodlar 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lishi kerak, O‘zbekistonda yashashlari talab qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish: Ishlar havola orqali topshirilishi kerak: LINK

Qog‘oz o‘lchami va formati: Asar elektron formatda bo‘lishi va kamida 300 dpi (dyuymdagi nuqta) o‘lchamida bo‘lishi kerak. Bosma va elektron ko‘rinishlar uchun mos formatlar (masalan, JPG, PNG, PDF) qabul qilinadi. Dizaynlar turli o‘lchamlarda, jumladan plakatlar (A2 yoki A3) va raqamli bannerlar uchun moslashuvchan bo‘lishi kerak. Ishlar faqat elektron formatda topshirilishi talab qilinadi. 

Rasm izohi: Har bir san’at asari izoh bilan taqdim etilishi mumkin, izoh o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi va 30 ta so‘zdan oshmasligi lozim.

Taqdim qilish muddati: Ishlar 2024-yil 14-oktyabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Baholash mezonlari: Asarlar ijodiylik, mavzuga moslik va umumiy badiiy ifoda asosida baholanadi. Hakamlar qarori yakuniy va o‘zgarmas bo‘ladi.

Ko‘p marotaba ishtirok etish: Ishtirokchilarga bir nechta ishlarni topshirishga ruxsat berilmaydi.

Xulq-atvor qoidalari: Ishtirokchilardan butun tanlov davomida hurmatli va professional tarzda o‘zlarini tutishlari kutiladi. Xulq-atvorning har qanday buzilishi yoki noto‘g‘ri harakatlar diskvalifikatsiyaga olib keladi.

Huquqlar va ruxsatlar: O‘z ishlarini topshirish orqali ishtirokchilar tashkilotchilarga san’at asarlarini ko‘rgazmaga qo‘yish, ko‘paytirish va ta’limiy hamda targ‘ibot maqsadlarida tarqatish huquqini beradilar, bunda ijodkorning nomi albatta ko‘rsatiladi.

Mukofotlar: Mukofotlarning turi va qiymati tashkilotchilar tomonidan belgilanadi va oldindan ishtirokchilarga yetkaziladi.

Diskvalifikatsiya: Tashkilotchilar tanlov qoidalarini buzgan yoki noo‘rin xulq-atvor ko‘rsatgan ishtirokchilarni o‘z ixtiyorlari bilan diskvalifikatsiya qilish huquqiga ega.

Yuridik moslik: Ishtirokchilar o‘z san’at asarlari barcha amaldagi qonun va qoidalarga, jumladan, mualliflik huquqi va intellektual mulk huquqlariga mos kelishini ta’minlashlari shart.

Qoidalarni o‘zgartirish: Tashkilotchilar ishtirokchilarga oldindan xabar berib, tanlovning har qanday qoida yoki qoidalarini o‘zgartirish, to‘ldirish yoki bekor qilish huquqiga ega.

G‘oliblarni tanlash jarayoni: 

Tanlash komissiyasi har bir topshirilgan ishni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqadi va tanlovning barcha talablariga mosligini baholaydi. Ushbu qat’iy mezonlarga asoslangan holda, 3 nafar ishtirokchi g‘olib sifatida tanlanadi. Ularning badiiy mahorati, ijodkorligi va tanlov standartlariga sodiqligi rasmiy ravishda tan olinadi.

G‘alabangizni global maydonda nishonlang!

Har bir toifa bo‘yicha 3 nafar g‘olibning san’at asarlari BMTTD O‘zbekistondagi vakolatxonada namoyish etiladi va BMT xodimlariga taqdim etiladi.

G‘oliblar bilan 16 oktyabr kuni bog‘laniladi va 17 oktyabr kuni BMTTD ijtimoiy media platformalarida e’lon qilinadi.

G‘oliblar quyidagi mukofotlarni olishadi: 

3 nafar g‘olib: G‘olib sertifikati va Planshet.

Ammo bu hammasi emas:

  • Har bir ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchiga qatnashganlik elektron sertifikati beriladi.

  • G‘oliblar #EndPoverty! kampaniyasida “Talaba vakillari” sifatida e’tirof etilishadi. 

    Bizga qo‘shiling va #EndPoverty kampaniyasi bilan global maydonda o‘z izingizni qoldiring! 


Savollaringiz bo‘lsa, BMTTD vakillariga murojaat qiling: Shaxnoza Shokirova: 

shaxnoza.shokirova@undp.org

Rano Erkinova: rano.erkinova@undp.org