Qoraqalpog'istonda Yaponiyaning biznes yuritish usullari

"Bir qishloq-Bir mahsulot" va "Kaizen" usullari bo'yicha trening

15-October, 2024
a group of people standing next to a woman holding a video game
UNDP Uzbekistan

Joriy yilning 15-18-oktabr kunlari Chimboy, Kegeyli, Nukus va Xo’jeyli tumanlarida "Bir qishloq-Bir mahsulot" va "Kaizen" kabi yapon usullari orqali tadbirkorligini rivojlantirishga bag'ishlangan seminar-trening bo'lib o'tadi. Tadbir loyihaning xalqaro eksperti Nargiza Erkinboyeva tomonidan o'tkaziladi va 100 nafar mahalliy tadbirkorlar ishtirok etadi.

"Bir qishloq-Bir mahsulot" va “Kaizen” yondashuvlarini joriy etish mahalliy aholi, jumladan, ayollar va yoshlarning biznes yuritish va rivojlantirish bo'yicha bilim darajasini oshirishi kutilmoqda. Ushbu usullar mahsulot sifatini yaxshilashga va mahalliy tadbirkorlarning biznesini ichki va xalqaro bozorlarda yanada noyob va raqobatbardosh qiladi, bu esa o'z navbatida rentabellikni oshiradi.

Treningning asosiy maqsadi mahalliy resurslardan foydalangan holda tovarlar ishlab chiqarish orqali Orolbo'yi mintaqasining iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun xususiy tadbirkorlar va mahalliy jamoalarning sa'y-harakatlarini birlashtirishdir.

Ushbu trening 2023-yil dekabr oyidan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasining maqsadli tumanlarida o'z faoliyatini boshlagan "Iqlimga chidamli qishloq xoʻjaligi orqali Orolboʻyi mintaqasida barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash" BMTTD loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

a group of people standing in a room
UNDP Uzbekistan