O‘zbekistonda qishloq joylarni kompleks rivojlantirishni kengaytirmoqdamiz: loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi
18-October, 2024
2024-yil 17-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi Islom taraqqiyot banki (ITB) ishtirokida va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz orqali biz qishloq aholisining imkoniyatlarini kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi muhim ehtiyojlarini qondirishda katta yutuqlarga erishdik. Bizning asosiy maqsadimiz qishloq aholisining hayot sifatini yaxshilashdir”,- dedi BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii.
Joriy yilning 28-mart kuni mamlakatimizning chekka hududlarida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasiniamalga oshirish toʻgʻrisida Prezident qarori imzolandi.
“Islom taraqqiyot bankiga Oʻzbekiston hukumati tomonidan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishda strategik hamkor boʻlish ishonib topshirilganini yuksak qadrlaymiz va biz Oʻzbekiston hukumati va BMTTD bilan ushbu hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirishga umid qilamiz. Loyihaning birinchi bosqichi doirasida biz Orolbo‘yi mintaqasida mahallani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqdik, endi esa qishloq infratuzilmasini qurishga o‘tmoqdamiz. Shu natijalar bilan loyihaning ikkinchi bosqichini boshlashimiz quvonarlidir”,- deydi Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Islom taraqqiyot banki mintaqaviy vakolatxonasi operatsion guruhi rahbari Vaxyu Vijayanto.