BMTTDning innovatsion guruhlari iqlim o‘zgarishiga qarshi choralarda yangi usullarni joriy etishi mumkinmi?

Bilim va innovatsiya – Umid ustunlari

19-July, 2024
outdoor,grass,field,beach,water,man,ocean,sheep,herd,large,kite,flying,covered,group,standing,sandy,bird,people,sand,walking,dog,boat,flock,grassy,grazing,riding
Source: UNDP

O‘zbekistonda havo haroratning oshishi, qurg‘oqchilik holatlarining ko‘payishi va suv tanqisligi 2050 yillarga borib, mamlakatning asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi 25-63 foizga kamayishiga sabab bo‘lishi prognoz qilinmoqda (Jahon banki, 2021 yil). Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yo‘lidagi ushbu va boshqa jiddiy muammolarni hal qilish maqsadida biz tomondan tanlangan asosiy vosita, shubhasiz, bilim va innovatsion texnologiyalarni kengaytirishdan iborat. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘z mohiyatiga ko‘ra murakkab jarayon bo‘lib, keng ko‘lamli bilim, ko‘nikma va ilg‘or vositalarni talab qiladi. Fermerlar ob-havo sharoiti va tuproq holatidan tortib zararkunandalarga qarshi kurashish va bozorlardagi tebranishlargacha bo‘lgan ko‘plab o‘zgaruvchan omillarni hisobga olishi lozim. Ekologik barqaror ishlab chiqarish usullari, masalan, iqlim uchun bezarar qishloq xo‘jaligi bu talablarni yana-da oshiradi.

Biroq oziq-ovqat mahsulotlarimizning katta qismi kichik va o‘rta fermerlar tomonidan ishlab chiqarilib, ular, ko‘pincha, zarur bilim va innovatsiyalardan foydalanish borasida to‘siqlarga duch keladi. Masalaning yechimi tadqiqot, maslahat xizmatlari, ilmiy doiralar, NNT va korxonalarning roli va o‘zaro taʼsirini yaxshilash orqali qishloq xo‘jaligida bilimlar oqimini aniqlash va yaxshilashga qaratilgan tizim, yaʼni Qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimlari (AKIS) konsepsiyasini keng joriy etishda ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da, manfaatdor tomonlar orasidagi munosabatlarning murakkabligi va takomillashtirish jarayonlarining uzoq davom etishi, ko‘pincha, fermerlar uchun sezilarli va tezkor natijalarga erishishni kechiktiradi.murakkabligi va takomillashtirish jarayonlarining uzoq davom etishi, ko‘pincha, fermerlar uchun sezilarli va tezkor natijalarga erishishni kechiktiradi.

Shundan kelib chiqqan holda, yangi texnologiyalar, zot va navlar yoki innovatsion yechimlarni bevosita fermer xo‘jaliklarida tezkor ravishda sinovdan o‘tkazish va tarqatish imkonini beruvchi sodda va amaliy mexanizm sifatida Innovatsion hamkorlik konsepsiyasi va uning asosiy xususiyati – Innovatsion guruhlar yordamga keladi.

Innovatsion guruhlar - bilimlarni tarqatishga ko‘maklashish 

Innovatsion guruh - fermerlar, maslahatchilar, tadqiqotchilar, NNT va boshqa (mavzuga qarab) manfaatdor tomonlardan tashkil topgan hamkorlik qiluvchi jamoa bo‘lib, muayyan ishlab chiqarish muammolarini hal qilish uchun cheklangan vaqt davomida to‘planadi. Bu guruhlar yangi zot va navlarni, innovatsion yondashuvlarni yoki eng yangi texnologiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer xo‘jaliklarida tezkorlik bilan joriy qiladi va sinovdan o‘tkazadi. Ular maxsus jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va belgilangan qoidalar hamda ko‘rsatmalarga muvofiq ishlab, innovatsion yechimlarni fermerlar hamjamiyatida joriy etish va tarqatish uchun zarur bo‘lgan resurslar va yordamni taʼminlaydi. Dastlab, mazkur konsepsiya 2010 yillarda Yevropa Ittifoqida Yevropa innovatsion hamkorligi (YeIH) sifatida taklif qilingan.

diagram
Fotosurat: Yevropa Innovatsion hamkorligining Innovatsion guruh to'g'risidagi grafikasi

BMTTD Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida ushbu mexanizmni O‘zbekistonda moslashtirib, sinovdan o‘tkazdi va uni ilk bora Yevropadan tashqarida tatbiq etdi. Bu, ayniqsa, anʼanaviy dehqonchilik amaliyotlari hukmron bo‘lgan va ilg‘or qishloq xo‘jaligi bilimlari va texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati cheklangan mamlakat uchun dolzarb bo‘ldi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda fermerlar suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi va iqlim o‘zgarishining taʼsiri kabi o‘ziga xos muammolarga duch kelayotgan bo‘lib, mazkur omillar ularning mehnat mahsuldorligi va turmush tarziga tahdid solmoqda. 

a group of people standing next to a tree
Fotosurat: Otabek Eshmatov, BMTTD

Innovatsion hamkorlik va uning Innovatsion guruhlarini joriy etish mahalliy fermerlar, tadqiqotchilar, maslahatchilar va boshqa muhim manfaatdor tomonlar orasidagi hamkorlikka ko‘maklashish orqali ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan. 2022 yilda Innovatsion guruhlarni tashkil etish uchun arizalarni qabul qilish ommaviy tanlov orqali eʼlon qilindi. 200 dan ortiq ariza orasidan 18 tasi tanlab olinib, ularning har biriga 18 ta fermer xo‘jaligida aniq yechimlar va innovatsiyalarni sinovdan o‘tkazish topshirildi. 

a group of people standing outside of a food truck
Fotosurat: Otabek Eshmatov, BMTTD

Har bir Innovatsion guruh maʼlum minimal mezonlarga javob berishi kerak edi, masalan, fermer va tadqiqot tashkilotining majburiy ishtiroki, kamida 3 ta hamkor (bu yerda cheklovlar yo‘q) va hozirgi kunda o‘zbek fermerlariga taʼsir ko‘rsatayotgan iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish muammolariga alohida eʼtibor qaratish. Tanlov jarayonida keng qamrovli ish rejasi talab etilib, unda bilimlarni tarqatish va ko‘rgazmali tadbirlarga alohida urg‘u berildi va barcha tadbirlar, ko‘pi bilan, ikki yil ichida yakunlanishi kerakligi belgilandi.

Guruhlarning takliflari nihoyatda xilma-xil va qiziqarli bo‘ldi. Ular paxta, bug‘doy, mosh, bamiya va artishokning yangi chidamli duragaylarini sinovdan o‘tkazishdan tortib, qo‘ylarning yangi zotlarini joriy etish, yaylovlarni boshqarish, sunʼiy urug‘lantirish, baliq yetishtirishning yangi modellarini o‘rganish, tuproqning bakterial holatini tiklash, sut mahsulotlarini jamoaviy asosda yetishtirish va boshqalarni qamrab olgan edi. YeI talqiniga nisbatan soddalashtirilgan, moslashtirilgan model va xarajatlarning nisbatan kamligi amalga oshirish yana-da qulayroq, boshqariladigan va samarali bo‘lishini taʼminladi.

Xilma-xillikni ilgari surish hamda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

Innovatsion guruhlarning eng eʼtiborga molik xususiyatlaridan biri ularning qishloq xotin-qizlarini faol jalb etish salohiyatida edi. BMTTD ushbu guruhlar qishloq xotin-qizlarini jalb qilish uchun funksional platforma ekanligini isbotladi, hatto bitta guruh xotin-qizlar uyushmasi tomonidan boshqarilmoqda. Hozirgi kunga qadar 1277 nafar qishloq xotin-qizlari Innovatsion guruhlar yoki o‘quv-seminarlar faoliyatiga jalb etildi. Ushbu tashabbus doirasida nafaqat innovatsion yechimlar sinovdan o‘tkazildi, balki fermerlik jamiyatida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaytirildi, bu esa dasturning inklyuzivligi va gender jihatlar ham hisobga olinishini namoyish etdi.

a man standing in front of a refrigerator
Fotosurat: Otabek Eshmatov, BMTTD

Hozir, faoliyat boshlaganidan bir yarim yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, tashkil etilgan Innovatsion guruhlar o‘z natijalarini sarhisob qilmoqda va ularni keng jamoatchilikka faol ulashmoqda. Hozirga qadar ularga nisbatan bildirilgan munosabat juda ijobiy bo‘lib, bu dastlabki kutilmalardan yuqori bo‘ldi. Fermerlar yangi, amaliy yechim va yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda, tadqiqotchilar o‘z rivojlanishi va faoliyati uchun yangi platformaga ega bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi maslahatchilar bilimlarni tarqatish tadbirlarida qatnashib, o‘z faoliyati uchun muhim bo‘lgan bilimlarga ega bo‘ldi, loyihada ishtirok etayotgan ayollar esa yetakchilik qilish uchun yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi. Qisqacha aytganda, ishtirokchilarning barchasi yutuqqa erishdi. Innovatsion hamkorlik shu xususiyati bilan farq qiladi — u amaliy yechimlar va barchaning manfaatiga asoslanadi.

a group of people looking at a cell phone
Fotosurat: Otabek Eshmatov, BMTTD

Hozirgi kunga qadar orttirilgan saboqlar

O‘zbekistondagi ilk Innovatsion guruhlarning yakuniy natijalarini kuzatib, bir qancha qimmatli saboqlarni olishimiz mumkin:

  • Fermerlar innovatsiyalarni qabul qilmoqda: Fermerlar passiv va o‘zgarishlarga qarshi degan asossiz qarashlarning aksi o‘laroq, fermerlar o‘z usullarini takomillashtirish va yangi muammolarga moslashish uchun innovatsion usullarni faol izlamoqda. Ularga faqatgina aniq yo‘l-yo‘riq va yordam kerak.
  • Hamkorlik muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi: Turli manfaatdor tomonlar - fermerlar, tadqiqotchilar, maslahatchilar, o‘qituvchilar va korxonalar  aniq umumiy manfaat va optimallashtirilgan dasturlar doirasida qo‘llab-quvvatlansa, faol hamkorlik qilmoqda.
  • Bilimlarni eng quyi darajada almashish: Eng samarali bilim almashinuvi va innovatsiyalarni o‘zlashtirish bevosita fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilib, bu eng quyi darajada sodir bo‘ladi. Bunday amaliy yondashuv fermerlarning fikr-mulohazalarini tezkor olish va innovatsiyalarni tez joriy etishni osonlashtiradi.
  • Moslashtirilgan yechimlar eng yaxshi natija beradi: O‘zbekiston uchun moslashtirilgan model boshqariladigan va samaraliroq bo‘ldi. Muayyan mahalliy muammolarga eʼtibor qaratgan holda, Innovatsion guruhlar yana-da dolzarb va samarali yechimlarni ishlab chiqdi.
  • Xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish taʼsirni kuchaytiradi: Qishloq xotin-qizlarini faol jalb qilish va ular rahbarlik qiladigan guruhlarni qo‘llab-quvvatlash nafaqat innovatsion yechimlarni sinovdan o‘tkazish, balki fermerlik hamjamiyatidagi xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish imkonini berdi.
  • Bilimlarni samarali tarqatish juda muhim: erishilgan natijalar va innovatsiyalarning keng jamoatchilik orasida samarali tarqatilishini taʼminlash lozim. Ko‘rgazmali tadbirlar va maslahatlashuvlar kabi bilimlarni tarqatish tadbirlari Innovatsion hamkorlik konsepsiyasining asosini tashkil etadi.

a group of people around each other
Fotosurat: Otabek Eshmatov, BMTTD

Saboqlarni harakatga aylantirish: iqlim o‘zgarishiga qarshi javob choralarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish?

Tahdid va muammolar bilan yuzma-yuz kelgan bir sharoitda BMTTD innovatsion hamkorligi fermerlik hamjamiyatlari tomonidan iqlim o‘zgarishiga qarshi javob choralarini jadallashtirish usuli bo‘lishi mumkinmi? U global model bo‘lib xizmat qila oladimi? Har qanday yangi tashabbusda bo‘lgani kabi, hukumat sodiqligi, mablag‘ yetishmasligi va turli xil mahalliy xususiyatlar kabi muayyan xatarlar mavjud bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonda orttirilgan saboqlarni o‘rganish va qayta qo‘llash imkoni bo‘lgan hamda o‘ziga xos yondashuvni ishlab chiqish bo‘yicha salohiyat mavjud.  

a man sitting in front of a window
Fotosurat: Xrvoye Ivan Xorvat, BMTTD

Global vaziyatning og‘irligi imkoniyatlarimizni cheklagan bir sharoitda, Innovatsion hamkorlik va Innovatsion guruhlar, shubhasiz, ulardan biriga aylanishi mumkin. Ular innovatsiyalarni tezkor joriy etish, amaliy qo‘llash va hamjamityalarni jalb qilish yo‘lini taklif qilib, bu yana-da ijobiy, uyg‘unlik taʼsirini keltirib chiqaradi. Maqsadli saʼy-harakatlar, samarali moliyalashtirish va hamkorlik ruhi bilan biz ushbu konsepsiyani Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), xususan ochlikka barham berish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va gender tengligiga erishishga ko‘maklashuvchi umid chirog‘iga aylantira olamiz.