O‘zbekiston: “Gender tenglik nishoni” dasturini amalga oshirish tajribasi
26-December, 2023
Hayotimizni shakllantirishda davlat institutlarining chuqur ta’siri haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Endi tasavvur qiling-a, ularni byurokratik tuzilmalar sifatida emas, balki gender tengligi uchun oʻzgarishlar agenti sifatida koʻrsak, biz Oʻzbekistonda aynan shu narsaga intilmoqdamiz! Ha, biz O‘zbekiston “Davlat muassasalari uchun gender tenglik nishoni” dasturi doirasida oʻz transformatsiyalar sari yoʻl oldik. Omadimiz kelib, gender tengligini ilgari suruvchi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva xonimni qiziqtirishga hamda qoʻllab-quvvatlovini olishga muyassar boʻldik va davlat muassasalar faol ishtirok etishga taklif etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun salohiyatni oshirish jarayoni boshlanishi turli muassasalar rahbarlari va vakillari tomonidan ahamiyati urgʻulab oʻtilgan muhim bosqich boʻldi.
Ushbu tashabbus zamirida fundamental haqiqat yotadi: gender tengligi nafaqat ma’naviy imperativ, balki barqaror rivojlanishning muhim ustunidir.
Nima, nima uchun va qanday qilib
BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan targ‘ib qilinadigan Gender tenglik nishoni dasturi gender tenglikni va ayollarning huquqlarini ilgari surish va himoya qilish borasida davlat muassasalarini kuchaytirishga qaratilgan global brenddir. Bu dastur gender tengsizliklarni bartaraf etish va ular ustida ishlash uchun kompleks yondashuvni ifodalaydi. O‘n yildan ko‘proq vaqt oldin, dastur institutsional o‘zgarishlarni tezlashtirish uchun muvofiqlashtirish vositalarini yaratishni boshladi. Ushbu innovatsion tashabbus muassasalarni O‘zbekistonning milliy va xalqaro majburiyatlariga mos keladigan global standartlar va mezonlarga javob berishga yo‘naltiruvchi aniq yo‘l xaritasini taqdim etadi.
Qadimdan bir gap bor: dunyoni o‘zgartirish uchun, avvalo, o‘zingdan boshla. BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ushbu tashabbusni “Taraqqiyot uchun gender tenglik nishoni” doirasida boshlab yubordi. Ikki yillik chuqur tahlil va ichki va tashqi jarayonlarni transformatsiyasidan so‘ng O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi Gender tenglik nishonining KUMUSH sertifikatiga ega bo‘ldi.
Mahalliy xususiyatlarga ega global harakat
2023 yil oktabr holatiga ko‘ra, turli sektorlar va boshqaruv pog‘onalarini o‘z ichiga olgan 29 mamlakatdan 94 ta davlat muassasasi Gender tenglik nishonini joriy etishda faol ishtirok etmoqda. Dasturning moslashuvchanligi uning milliy va mahalliy muassasalar ishtirokidagi 23 xil tematik sektorlarni aks ettirish va davlat hokimiyatining barcha tarmoqlarini qamrab olish orqali o‘ziga xos milliy kontekstlarda dolzarbligini ta'minlaydi. Xabardorlikni oshirishga qaratilgan puxta sa'y-harakatlar natijasida 160 000 dan ortiq davlat xizmatchilari gender sezgir siyosat va institutlarni joriy etishga ko‘maklashish orqali o‘z malakalarini oshirdilar. Iqtisodiyot va Moliya vazirligi gender tengligini samarali targ‘ib qilish boʻyicha faoliyat yuritayotgan yetakchi moliya institutlarining ushbu kengayib borayotgan xalqaro tarmogʻiga aʼzo boʻldi. Ushbu tuzilma xalqaro va milliy majburiyatlarni bajarish uchun hukumat dasturlari doirasida gender tengligi sohasida natijalariga erishish uchun noyob imkoniyatlarga ega, chunki mablag‘ ustidan hokimiyat uning qo‘lida.
O‘zbekiston: Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar bo’yicha peshqadam
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi gender tengligining global miqyosdagi faol himoyachisi bo‘lish arafasida turibdi. Ushbu dasturdagi ishtirok ichki samaradorlikni oshiradi, innovatsiyalarni rag‘batlantiradi va turli iste’dodlarni jalb qiladi, inklyuzivlik va mas’uliyat madaniyatini rivojlantiradi. Ushbu tashabbus O‘zbekistonni global maydonga olib chiqadi, uning hamma uchun adolatli iqtisodiyot g‘oyasiga sodiqligini namoyish etadi va gender tengligini targ‘ib qilish va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish orqali moliyaviy makonini kengaytiradi. Biroq, "Gender tenglik nishoni" dasturiga qo‘shilgan birinchi muassasa Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘lib, u 2022-yil oktabr oyida dastur rasman ishga tushirilgandan beri tayyorgarlik seminarlari va o‘z-o‘zini baholashning birinchi bosqichini yakunlagan.
Majburiyatlar, muammolar va global perspektiva
Biroq, gender tenglik sari yo‘l oddiy ham, tekis ham emas. U kuchli siyosiy iroda, texnik tajriba va institutsional fikrlash paradigmasini o‘zgarishini talab qiladi. Gender tenglik nishoni shunchaki nazorat ro‘yxati emas; bu tizimli o‘zgarishlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli metodologiya, ildiz otgan stereotiplar va an’anaviy siyosatlarga qarshi chiqishga qaratilgan da’vatdir. Bu ish teng ravishda erkaklar va ayollarning faol ishtirokini talab qiladi, doimiy takomillashtirish nafaqat rag‘batlantiriladigan, balki talab qilinadigan muhitni yaratadi.
O‘zbekiston ushbu o‘zgarish yo‘liga kirib borar ekan, ushbu tashabbus shunchaki nishonga qaraganda ko‘proq narsani anglatishini tushunish muhimdir. Bu zimmaga olingan va’dani ifodalaydi - gender tenglik nafaqat shunchaki intilish, balki haqiqat bo‘lgan kelajakka sodiqlikni anglatadi.
“Nishon”ning samaradorligi butun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatli misollar bilan tasdiqlangan. Ruandada Oltin gender tenglik nishoni bilan taqdirlangan milliy bank moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish strategiyasini ishlab chiqdi, bu esa ayollarning rasmiy moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini 2016-yildagi 63 foizdan 2022-yilda 77 foizgacha oshirishga imkon berdi. Shuningdek, 2023-yilda Bronza nishoni bilan taqdirlangan Dominikan Respublikasi davlat-xususiy sheriklik idorasi davlat-xususiy sheriklik shartnomalariga gender tengligi maqsadlarini kiritdi.
Savol qolmoqda: O‘zbekiston gender tengligi yo‘lidagi global qadamlar bilan solishtirganda qanday ambitsiyalarga ega?