STEM sohasidada qizlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish: nima ishlaydi?
3-April, 2024
BMT Taraqqiyot Dasturining mamlakatdagi faoliyati va hukumat kun tartibiga taalluqli gender masalalarining yana bir tarafdan o‘rganishga qaror qilganimizda, biz eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan birini – STEMdagi qizlar mavzusini tanladik. Yangi ish o'rinlari va ko'nikmalar dunyosi jadal rivojlanish bilan birga o'zgarib ham bormoqda. STEM (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika) sohasi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va hayotga yangi g‘oyalar va yechimlarni olib kirishga ishtiyoqli malakali va iqtidorli yoshlarga bo’lgan talab tobora oshib bormoqda.
Yangi iqtidorli kadrlarga bo’lgan talab tobora ortib borayotgan bo’lsa-da, STEM sohasida gender tafovut va STEM sohalarida xotin-qizlarning kam tamsil etilganligi namoyon bo’lishi davom etmoqda. YuNESKO hisobotida (2021) ayollar muhandislik mutaxassislarining 28 foizini, kompyuter fanlari bitiruvchilarining 40 foizini va sun’iy intellekt sohasi mutaxassislarning 22 foizini tashkil etishi qayd etib o’tilgan. Shunday qilib, Akselerator Laboratoriyasi O‘zbekistonda STEM ta’limi va kasblarining gender o‘lchovlarini o‘rganishga kirishganida, biz qarashlarimiz va tadqiqotlarimiz ko’larmlarini kengaytirish naqadar muhimligini angladik. Biz STEM bo‘yicha qizlarga boshqa nuqtai nazardan qarashga, nafaqat qizlarning STEM ta’limini olishga to‘sqinlik qilayotgan stereotiplarni tushunishga, balki muammoni ijobiy tomondan ko‘rishga harakat qildik. Dunyo bo'ylab ushbu sohada olib borilgan ko'plab tadqiqotlar natijalariga ko'ra, qayd etilgan asosiy muammolardan biri shundaki, yosh qizlar STEM sohasida ijobiy ayol rol modellariga ega emaslar. Bu bizni mamlakat uchun STEM-ga oid birinchi hisobotda nafaqat bu sohadagi, shusiz ham ko’zga yaqqol tashlanib turgan gender tafovutini ko'rsatishga, balki STEM bo'yicha karyera qilishga ishtiyoqi bor, lekin turli sabablarga ko'ra o'z orzularini inkor etayotgan va ilk muhim qadamlarni qo'yishdan o’zlarini tiyayotgan qizlar uchun namuna bo’la oladigan STEM sohasida faoliyat yuritib kelayotgan qizlar va ayollarni ham ko'rsatish haqida o'ylab ko’rishga undadi.
Bundan tashqari, biz ushbu tadqiqot nafaqat STEM ta'limi va kasbiy faoliyatiga qiziqqan qizlar uchun, balki ularning atrofidagilari - ota-onalari, turmush o'rtoqlari, maktablari va boshqalar uchun ham o'tkazilishini xohladik. Biz ushbu muhit qanday rol o'ynashini va ta'lim va karyera haqida gap ketganda ularning kelajakdagi tanlovlariga qanday ta'sir qilishini va qizlarning kelajakdagi kasb sifatida STEM-ni tanlashlariga qanday muhim shaxsiy xususiyatlar ta'sir qilishini tushunishni xohladik.
Bizning tadqiqotimiz STEM ta'limi haqida gap ketganda qizlar va ayollarga ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash bo’icha bir necha bosqichlarni o'z ichiga oldi. Tadqiqotda Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridan 400 nafar respondent ishtirok etdi. Ishtirokchilarning o'rtacha yoshi taxminan 29-30 yoshni tashkil etdi.
Birinchi bosqich fokus-guruhlar va ikki guruh: STEM bo'yicha ta’lim olayotgan qizlar va STEM sohasida karyera qura`yotgan ayollar ishtirokida chuqur suhbatlar o'tkazishni o'z ichiga oldi.
Respondentlar o'rtasida STEM ta'limini va keyingi karyeralarini tark etmaganliklarining sabablari/omillarini aniqlash maqsadida chuqur suhbatlar o'tkazildi.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichida yetti blokga bo‘lingan 217 ta ijtimoiy-psixologik savoldan iborat so‘rov o‘tkazil, ular jumlasiga quyidagi mavzular kiritildi: “Respondentlarga oid ijtimoiy-demografik ma’lumotlar”, “STEM kasbini tanlash motivatsiyasi”, “Kasbiy o‘ziga xoslik va kasbga jalb qilish. ”, “Shaxsiy fazilatlarni baholash”, “Ijtimoiy yordam”, “STEM-ga oid stereotiplar”, “Kelajak istiqbollari”. Ushbu so'rov bizga qizlar va ayollarga ta'sir etuvchi ijobiy omillarni aniqlashga va fokus-guruhlar hamda chuqur suhbatlar natijalarini tasdiqlashga yordam berdi.
Asosiy xulosalar
Bizning tadqiqotimiz STEM-da qizlar va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish: qaysi omillar natija keltiradi?, Qanday qilib qizlar va yosh ayollarga STEM ta'limini tanlash va STEM-da qolish imkoniyatini berishimiz mumkin?, degan savollarni o’rtaga tashladi. Asosiy xulosalarimiz esa quyidagicha:
- STEMga qiziqadiganlar va shu sohalardagi kasblarni kelajakdagi kasbi sifatida ko’rib chiqayotgan qizlarning yoshi 13-18 yosh ekanligini aniqladik. Bu yoshda qizlar maktabda turli STEM sohalari bilan tanishadilari, turli STEM tadbirlarida qatnashadilar, televizorda STEM-ga oid turli ko'rsatuvlarini tomosha qiladilar va hokazo.
- STEMga qiziqishning rivojlanishiga ilmiy/badiiy kitoblar va filmlar, muzeylar, ilmiy markazlar va video o'yinlar kabi tashqi omillar/tadbirlar katta ta'sir ko'rsatadi. Maktabda o‘tkaziladigan STEM bo’yicha musobaqalar ham qizlarning STEMga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
- Ularning STEM ta'limini tanlashga kim ta'sir qilmoqda degan savolga javob berishar ekan, qizlarining STEM ta'limini olishlari borasida eng katta taratarafdorlar otalari ekanligini ma’lum qilishdi. Bu bir tomondan qiziqarli, va ayni paytda kutilmagan natija bo’di. Qizlar bilan bo’lib o’tgan suhbatlar davomida ular, onalarning aksariyati, otalardan farqli o’laroq, qizlar kelgusida ularning asosiy roli oilada yahshi xotin bo’lish ekanligini, asosan erkaklar uchun mos bo’lgan STEM esa bu vazifani qiyinlashtirishini aytiб kelishlarini ta’kidlashdi. Onalarnig fikriga ko’ra, qizlar ayollar uchun ko’proq xos bo’lgan “to’g’ri” ta’lim yo’nalishlarini (masalan o’qituvchi kasbini) tanlash kerak.
Shuningdek, biz qizlarni STEM sohasida o'qishni boshlashga nima undayotganini bilishga qiziqdik. Javoblar mana bunday bo’ldi:
Biz uchun qizlarga STEM ta'limini tanlashda va kelgusida ham shu sohada ishlashni davom ettirishda qanday psixologik xususiyatlar yordam berishini bilish muhim edi. Qizlar va ayollar tomonidan eng ko’p berilgan 19 javob orasida uchta asosiy xususiyat aniqlandi:
Butun dunyo bo'ylab o'tkazilgan ko'plab tadqiqotlardan ko’rinib turibdiki, stereotiplar ko'plab qizlarga STEM sohalarida o'z orzularini amalga oshirishlariga to'sqinlik qiladi. Ular asosan oilalar, maktablar va jamoalardan keladi, bu yerda qizlar birinchi navbatda "oddiy" ayol rollarida va kasblarida (o'qituvchilar, hamshiralar va boshqalar) ko'riladi.
Shuning uchun biz STEM-dagi qizlarimiz ushbu ijtimoiy stereotiplarni yengish masalasini qanday hal etayotganlarini bilmoqchi bo’ldik. “STEM-da stereotiplar bilan qanday kurashasiz?” degan savolgaimizga: "Biz stereotiplarga ishonmaymiz va ularga YO'Q deymiz"?, degan ajoyib javobni oldik. Qizlarning ta'kidlashicha, maqsad tuyg'usi va o’qishni davom ettirishga bo’lgan ishtiyoq ularga stereotiplarni yengishga yordam bergan. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash (oila, do'stlar, o'qituvchilar) va STEM bo'yicha yangi ko'nikma va bilimlarni o'rganish ham ularning ishonchini oshirishda muhim o’rin tutadigan omillardir.
STEM ta'limi va kasbidan voz kechish ehtimoliga oid qiziqarli va juda foydali ma'lumotlar olindi. Qizlar va ayollar, agar:
- STEM ularga doimiy ravishda rivojlanish va shaxsan ularni qiziqtiradigan ishlarni qilish imkoniyatini beradi, degan tushuncha mavjud bo’sa,
- U mamalakat/hukumat tomonidan qo’llab-quvvatlansa,
- Kasbiy o'sish imkoniyati mavjud bo’lsa va STEM zamonaviy bozorda katta talabga ega bo’lsa,
- Oilalari va do'stlari tomonidan kuchli yordam ko’rsatilsa ularning kasbiy tanlovi o'zgarmasligini ta'kidladilar.
Va nihoyat so’nggi savol: biz qizlar va ayollarda boshqa qizlarga STEM bo'yicha ta'lim olishlari va karyera qirishga yordam beradigan o’z tavsiyalari bor-yo'qligini bilishga qiziqdik. Biz olgan tavsiyalar orasida ko’proq quyidagilar aytildi:
Ta’kidlab o’tish joizki, biz ayollarga sarmoya kiritish haqida nafaqat Xalqaro xotin-qizlar kunida gapirishimiz kerak, balki turli darajalarda: oila, maktab, hukumat va jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlangan holda qizlarning o'z orzulariga erishishdagi ishtiroki haqida xabardorlikni oshirish muhimdir.
"Sen maqsadga intilsanggina - kuchli insonga aylanasan. Hozir ayni to'g'ri yo'ldasan. STEM - bu kelajak!"tadqiqot ishtirokchilaridan biri