2025-yil uchun Bepul Yuridik Yordam Ko‘rsatish bo‘yicha Kichik Grantlar Dasturi g‘oliblari e’lon qilindi

19-March, 2025
Justice scale with text promoting a grant program for legal aid. Logos in the background.

Kichik Grantlar Dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) "O‘zbekistonda huquq ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi. 

2025-yilgi Dastur doirasida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, 5 ta fuqarolik jamiyati tashkiloti kichik grantlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu mablag‘lar inson huquqlarini ilgari surish, gender tengligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining bepul yuridik yordamga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Tanlov jarayonida tashkilotlarning taklif etilgan tashabbuslari Dastur maqsadlariga mosligi, ularning potensial ta’siri hamda loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tashkilotlarning salohiyati keng qamrovli baholandi. 

Joriy yilda Dasturda ishtirok etish uchun 51 ta nodavlat notijorat tashkiloti 13 ta hudud, jumladan, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ariza topshirdi. Tanlov komissiyasi tomonidan arizalar sinchkovlik bilan ko‘rib chiqilib, 2025-yilda o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun grant yutib olgan tashkilotlar aniqlandi: 

Ajratilgan mablag‘lar tashkilotlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarining huquqlarini himoya qilish, bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirish va sud-huquq tizimiga kirish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu loyihalar doirasida axborot kampaniyalari, yuridik maslahatlar, treninglar, advokatsiya tadbirlari hamda boshqa muhim tashabbuslar amalga oshiriladi. 

Kichik Grantlar Dasturi fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda huquq ustuvorligi, inson huquqlarini himoya qilish va inklyuziv taraqqiyot yo‘nalishlarini mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Grant sovrindorlari o‘z loyihalarini amalga oshirish, muhim hamkorlar bilan hamkorlik qilish va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga ko‘maklashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.