Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi loyihalar uchun grantlar tanlovi natijalari

24-October, 2024
"G'oliblar aniqlandi" posteri

Rasm: BMTTD O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga joriy etish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish” mavzusidagi tanlovi natijalarini sarhisob qilindi.

Tanlovda ishtirok etish uchun mamlakatimizning 8 ta viloyatlardan 42 ta milliy nodavlat notijorat tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari ariza topshirdi. Baholash komissiyasi tomonidan ​​arizalarni ko'rib chiqishning batafsil va obyektiv jarayonidan so'ng eng yaxshi loyiha takliflariga ega bo‘lgan quyidagi tashkilotlar tanlab olindi:

  1. "Esculap" NNT (Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri)
    Loyiha: "Qo‘qon shahar davlat klinikalarida sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaning oldini olish"
  2. O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
    Loyiha: "Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun "Korrupsiyadan himoyalanishdagi 10 qadam" nomli audioqo‘llanma tayyorlash"
  3. "Muloqot" NNT
    Loyiha: "Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari: xorijiy davlatlarning tajribasi va O‘zbekiston uchun tavsiyalar"
  4. O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi (Farg’ona viloyati)
    Loyiha: "Adolat hamma uchun: Korrupsiyaga qarshi huquqlar uchun"
  5. O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati (Buxoro viloyati, Qorako’l tumani)
    Loyiha: "Ko‘zi ojizlarning huquqiy madaniyatini oshirish orqali korrupsion holatlarning oldini olish"
  6. "Tadbirkor ayol" xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi
    Loyiha: “Korrupsiyaga qarshi kurashish orqali tadbirkor ayollar uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda xotin-qizlarning ishtiroki”
  7. "Ekolog" NNT
    Loyiha: "O‘zbekiston jurnalist va blogerlarning ekologik korrupsiya mavzusini yoritish bo‘yicha bilim va salohiyatini oshirish"
  8. O‘zbekiston Karlar jamiyati (Buxoro viloyati)
    Loyiha: "Inklyuziv antikorrupsiya"
  9. "Web Factor Media"
    Loyiha: "Ochiqlik amalda: Biz hisobdorlik uchun kurashamiz"
  10. "Muloqot TV" (Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri)
    Loyiha: "Ijtimoiy roliklar orqali korrupsiyaga qarshi kurashish"

G‘oliblarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT TD bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi orqali moliyalashtiriladi.

Tanlov g‘oliblarning g‘oyalari/loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi an’anaviy muammolarning innovatsion yechimlarini topishga imkon beradi.