1960 yilgacha jahonning eng yirik berk suv havzalaridan biri boʻlgan va maydoni 68,9 kvadrat kilometr, suvining hajmi 1083 kub kilometr boʻlgan Orol dengizini qurishi kamqonlik, buyrak va jigar yetishmovchiligi, oshqozon-ichak, yurak-qon tomirlari, nafas olish yoʻllari va boshqa kasalliklarni tarqalishiga olib keldi. BMT Koʻngillilari salomatlik masalalarida mahalliy koʻngillilarni oʻqitib, BMTning Orolboʻyi hududidagi Qoʻshma dasturini amalga oshirishga koʻmak berib kelmoqda.
Qoraqalpogʻistonda jami 2 080dan ziyod sogʻliq muhofazasi masalalari boʻyicha koʻngillilar oʻqitildi. Bu esa 23 345ta uy xoʻjaliklarida yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, nafas olish yoʻllari kasalliklarini profilaktika qilish, hamda onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan mavzularga doir 14 683ta uchrashuv oʻtkazish imkonini berdi.