O‘zbekistonning BRM1ga erishish yo‘lidagi yutuqlari: davra suhbatida barqaror rivojlanish yo‘lida kambag’allikka qarshi kurash borasida erishilgan yutuqlar va strategiyalar muhokama qilindi
8-November, 2023
O‘zbekiston kambag’allikka qarshi kurashda jiddiy yutuqlarga erishmoqda: so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kambag’allik darajasi sezilarli darajada pasaygan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Barqaror rivojlanishning 1-maqsadi (BRM: Kambag’allikka yo‘l qo‘ymaslik)ga bag‘ishlangan BRM oyligi doirasida o‘tkazilgan birinchi davra suhbatida mamlakatning kambag’allikni qisqartirish borasidagi sa’y-harakatlari alohida yoritib o’tildi. Tadbirda xalqaro tashkilotlar, BMT agentliklari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xorijiy tadqiqot markazlari va tahliliy markazlar ekspertlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
O'zbekistonning kambag’allikka barham berishga qaratilgan intilishlari iste'mol xarajatlarining minimal darajasiga yo'naltirilgan milliy modelni amalga oshirayotganida o’z ifodasini topmoqda. 2021 yilda mamlakatda kambag’allik darajasi 17% ni tashkil etgan bo’lsa, 2022 yilda 14,1 % gacha kamaydi.
Davra suhbatida kambag’allikning ekstremal shakllariga barham berish chora-tadbirlari, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash bo‘yicha islohotlar, resurslardan teng foydalanish uchun iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni ta’minlash, iqlim o’zgarishlariga chidamlilikni oshirish va kambag’allikka qarshi kurash dasturlari uchun resurslarni safarbar qilish kabi masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar kambag‘allikni qisqartirish va BRM1ga erishish yo’lidagi yutuqlarni baholash bo‘yicha samarali munozaralar o’tkazdilar, tajriba va ilg‘or amaliyot bilan almashdilar.
BMT Taraqqiyot dasturi vakili o‘rinbosari Anas Fayyad Qarman o‘zining kirish so‘zida shunday dedi:
“Biz O‘zbekiston hukumati bilan Milliy ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini (MPI) ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz, bu bizga O‘zbekistonda maqsadli va yanada samarali siyosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu tashabbus hukumatning kambag’allikning nafaqat shunchaki daromad bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini, balki barcha muammolarini va ko'plab jihatlarini tushunish va yengish istagini aks ettiradi."
UBMTTD O'zbekiston uchun Milliy ko'p o'lchovli kambag’allik indeksini (MPI) ishlab chiqish bo'yicha olib borilgan ishlar natijalarini taqdim etdi. Bu dalillarga asoslangan maqsadli siyosatni ishlab chiqish uchun samarali vosita bo'ladi. Tadqiqot BMTTD koʻmagida va Oksford kambag'allikka qarshi kurashish va inson taraqqiyoti tashabbusining bevosita ishtirokida sinovdan oʻtkazildi. Tadqiqot natijalariga oid ilk hisobot yakunlanmoqda va tez orada eʼlon qilinadi. Ushbu tadqiqot Lyuksemburg va Janubiy Koreya hukumatlarining moliyaviy ko'magida (BMTTDning kambag’allik va tengsizlikga qaratilgan Funding Window orqali) amalga oshirildi.
Davra suhbati davomida O‘zbekistonning BRM1ga erishish borasida qat’iy ekanligi urg’ulab o’tildi va mamlakat hamkorlikka asoslangan yondashuvni tutganligi qayd etildi. Mamlakat kambag’allikning barcha ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirar ekan, ushbu tadbir davomidagi bilimlar bilan almashish va hamkorlik kelajakdagi strategiya va tashabbuslarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
BMTTD O‘zbekiston hukumatiga hech kim chetda qolmaydigan yanada barqaror, adolatli va yashil kelajak sari yo’lda zarur yordam ko‘rsatishga tayyordir.