Orolbo‘yi mintaqasida chistanxeni yetishtirish: mahalliy qishloq xo‘jaligi, bandlik va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish yo‘li

21-November, 2024
a banana sitting on top of a rock

Chistanxe o'simligi

Wikipedia

Qoraqalpog‘iston, 21-noyabr, 2024-yil. Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik va iqtisodiy muammolarni hal qilish maqsadida Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pirdagi 60 dan ortiq uy xo‘jaliklarga sog‘liq uchun juda ham foydali bo‘lgan chistanxe yetishtirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 18-21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan treningda uy xo‘jaliklariga mahalliy sharoitda chistanxeni yetishtirish uchun zarur ko‘nikmalarni o‘rgatildi va ularni yetishtirish uchun urug‘lar taqdim etildi.

Quruq sharoitda o‘sadigan va ko‘plab sog‘liq uchun foydalari bilan mashhur bo‘lgan chistanxe an’anaviy tibbiyotda energiyani oshirish, salomatlikni yaxshilash va immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Ushbu parazit o‘simlik Xitoydan Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyoga qadar keng tarqalgan bo‘lib, Orolbo‘yi mintaqasi kabi murakkab ekologik sharoitlarga ega hududlarda yetishtirish mumkin. U sifatsiz tuproqlarda, hamda quyosh nuri ko‘p ammo suv kam joylarda ham yaxshi o‘sadi va saksovul, tamariks kabi o‘simliklar bilan birga o‘sishi mumkin. 

Uch kun davomida chistanxeni sun’iy ravishda yetishtirish bo‘yicha Yaponiyaning Sanoat, ma’naviy va madaniy taraqqiyot tashkilotining (OISCA) malakali mutaxassislari tomonidan ko‘rsatmalar berildi. Dastur daraxtlarni ekish va parvarish qilish, o‘rmonlashtirish va parazitlarni ekishning asosiy usullarini o‘z ichiga olgan. Treninglardan asosiy maqsad mahalliy oilalarga yangi dehqonchilik ko‘nikmalarini egallashga yordam berish va qishloq xo‘jaligida mavsumiy bandlikni ta’minlashdan iborat va shu bilan birga ekologik muammolarga ko‘p duch keladigan mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ham yordam berishdir.

Chistanxeni yetishtirish orqali mahalliy fermerlar nafaqat cho‘l yerlarini tiklashadi, balki foydali dorivor o‘simliklar bozoriga ham kirishga sazovor bo‘lishadi. Chistanxe sog‘liq uchun foydalari tufayli eksport qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, mahalliy oilalarga barqaror va ekologik toza qishloq xo‘jaligi bilan yashash imkoniyatini beradi.

diagram

Boshqa o'simliklar bilan chistanxeni yetishtirish

Chistanxe yetishtirish uchun to‘g‘ri joy va mezbon o‘simliklarni tanlash muhim hisoblanadi. Bu o‘simlik yaxshi drenajga ega bo‘lgan neytral yoki ozgina ishqoriy pH (7,5-9) diapazonini afzal ko‘rgan holda minimal tuproq sharoitlarini talab qiladi. U tashlandiq, kam sho‘rlangan yerlarda, shuningdek, qumli cho‘llarda va cho‘llanishga moyil bo‘lgan joylarda yaxshi o‘sadi.

Chistanxeni yetishtirishning asosiy bosqichlariga quyidagilar kiradi:

timeline

Ushbu yetishtirish usuli nafaqat vegetatsiya davrida ish bilan ta’minlash imkoniyatini beradi, balki Orolbo‘yi mintaqasining iqtisodiy muammolarini hal qilishga yordam beradi. Mintaqa o‘nlab yillar davomida ekologik vaziyatning yomonlashishi va suv tanqisligiga duch kelmoqda va bu yetishtirish usulini joriy etish uzoq muddatli barqarorlik yo‘lidagi muhim qadam sifatida qaralmoqda.

Mahalliy hokimiyat, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va atrof-muhit tashkilotlari bilan birgalikda ushbu tashabbusni Orolbo‘yi mintaqasining boshqa hududlariga ham tatbiq etishni rejalashtirmoqda. 

Loyiha haqida

Treninglar O‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari, OISCA hamda BMTning O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi tomonidan moliyalashtiriladigan BMT Taraqqiyot Dasturi va FAO hamkorlikdagi “Havo sifati, yer va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash orqali ekologik beqarorlik muammolarini innovatsion yondashuv orqali yechish uchun orolbo‘yi mintaqasidagi hamjamiyatning bilim va ko‘nikmalarini oshirish” dasturi doirasida tashkil etildi. Dastur mahalliy ekotizim xizmatlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish, atrof-muhitning buzilishi va uning ko‘plab zaifliklarga duch kelgan mahalliy jamoalar uchun doimiy stress muammosini hal qilish uchun samaradorlikni oshirish va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan.