Yevropa Ittifoqi va BMTTD Markaziy Osiyo mamlakatlarini suv, iqlim o‘zgarishi va barqarorlik bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish uchun Dushanbe shahrida jamlaydi
6-June, 2024
2024-yil 10 iyun kuni Dushanbe shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan Yevropa Ittifoqi va Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yuqori darajadagi “Suv va iqlim o‘zgarishi” Markaziy Osiyo Forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir “Suv barqaror rivojlanish uchun 2018-2028” xalqaro harakatlar o‘n yilligi boʻyicha uchinchi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaning ajralmas qismidir.
Ushbu forum Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va BMTTD tomonidan amalga oshiriladigan “Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasidagi o‘zaro hamkorlik mahsuli hisoblanadi. Ushbu loyiha iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij Bitimi va 2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi bo‘yicha milliy majburiyatlarga muvofiq atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bilan bog‘liq milliy ustuvor maqsadlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Loyihaning umumiy maqsadi — Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida barqarorlikni qo’llab-quvattlash va iqlim o’zgarishiga chidamlikni oshirishdan iborat. Loyiha davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda mahalliy va mintaqaviy manfaatdor tomonlarning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlarga barqarorligini oshirish bo‘yicha amaliy say-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan uchinchi yuqori darajadagi “Suv va iqlim o‘zgarishi” forumi Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlarni hisobga oluvchi siyosatni amalga oshirish bo‘yicha “suv-iqlim” muloqotini rivojlantirish, milliy moslashish rejalari va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda suv resurslarini boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlanadi.
Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston hukumatlari vakillari, rivojlanish boʻyicha hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlari ishtirok etadi.
Forum natijalari “Suv barqaror rivojlanish uchun 2018-2028” xalqaro harakatlar oʻn yilligi boʻyicha uchinchi yuqori darajadagi xalqaro konferensiya yakuniy sessiyasida taqdim etiladi. Ushbu xulosa va qarorlar xalqaro konferensiya ishiga muhim hissa qo‘shishi va 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish uchun kun tartibi, shu jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlarning oltinchisiga erishishni jadallashtirish boʻyicha global hadli dasturni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Suv va iqlim o‘zgarishi” Markaziy Osiyo Forumida onlayn ishtirok etish uchun ushbu havolada ro'yxatdan o'ting.
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagilarga murojaat eting:
Nigora Fazliddin, Tojikistondagi BMTTD kommunikasiya koordinatori, nigorai.fazliddin@undp.org manzili yoki +992949999123 telefon raqami orqali
Shaxnoza Zafariy, O'zbekistondagi BMTTD kommunikasiya koordinatori, shakhnoza.zafari@undp.org manzili yoki +998935547895 telefon raqami orqali
Isomiddin Akramov, loyiha menejeri, isomiddin.akramov@undp.org manzili orqali