Orolboʻyi hududidagi zarurat va ehtiyojlarni ijtimoiy-iqtisodiy tekshiruvi
Orolboʻyi hududidagi zarurat va ehtiyojlarni ijtimoiy-iqtisodiy tekshiruvi
12-March, 2018
Orol dengizini qurishi yerlar degradatsiyasi, bioxilmaxillikni qisqarishi, iqlim oʻzgarishi, hudud aholisi salomatligini yomonlashuvi kabi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarning butun bir majmuasini keltirib chiqardi.
Oʻzbekiston hukumati va xalqaro hamjamiyat Orol dengizini qurishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatni yaxshilash uchun turli sa’y- harakatlarni amalga oshirmoqda. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar samarasini oshirish va istiqboldagi harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun aholining aniq ehtiyojlari va zaruratlarini joylarda toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib borish orqali aniqlash dolzarb hisoblanadi.
2017 yilda BMTning “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi doirasida Orolboʻyi hududidagi zarurat va ehtiyojlarni ijtimoiy-iqtisodiy tekshiruvi oʻtkazildi.
Tadqiqotdan koʻzlangan maqsad - Orolboʻyi hududida inson xavfsizligini tahdidga soluvchi sabab va oqibatlar aloqadorligini chuqurlashtirilgan tahlilini oʻtkazish va manzilli chora-tadbirlarni kuchaytirish va mintaqaga texnik va moliyaviy koʻmaklarni samarali jalb qilishdan iboratdir.
Soʻrov Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy qismida joylashgan va Orol dengizi inqirozi natijasida eng koʻp zarar koʻrgan sakkizta tumanda oʻtkazildi va u 116ta mahalla va 1600ta uy xoʻjaliklarini qamrab oldi. Har bir tumanda joylardagi boshqaruv organlari va fuqarolik jamiyatlarini vakillari boʻlmish 1600 nafar respondent qamrab olingan sakkizta fokus-guruhlar aniqlab olindi.
Tekshiruv natijalari tadqiqot oʻtkazilgan tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi, hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qoʻshma dasturi doirasida milliy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini dasturiy asosini ta’minlaydi.