Axborot texnologiyalari olamiga ko‘zgu: qishloq maktabi raqamli kelajak sari yo‘lda

Muallif: Go‘zal Fayzieva

29-November, 2024
a person sitting at a desk with a laptop and smiling at the camera

Donoxon Ismoilova informatikadan darsida

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Go‘zal Fayzieva

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Xilol” mahallasidagi 9-sonli oddiy qishloq maktabining sariq g‘ishtdan qurilgan binosi bolalikning o‘zgacha olamiga olib boradi. Bu joy, o‘zining kamtarligiga qaramay, o‘ziga xos muhitga ega. Tanaffus vaqtida yo‘laklar doim gavjum: tanaffuslarda o‘quvchilarning quvnoq ovozlari va shoshqaloq qadamlari eski yog‘och pollar bo‘ylab aks-sado beradi. Maktab oshxonasidan taralib turadigan xushbo‘y hidlar, quyosh nuriga to‘la sport zalida esa jismoniy tarbiya darslari jonli o‘tadi. Ayni shu dargohda hikoyamiz qahramoni, 11-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli Donoxon Ismailovaning har bir kuni boshlanadi. Barcha o‘smirlar kabi Donoxon ham endigina boshlanayotgan hayoti uchun katta orzu va rejalarga tuzib qo‘ygan. Maktabning tonggi qo‘ng‘iroq bolalarni darsga chaqirib, go‘yo yangi kunni boshlaydi. Oppoq maktab formasi va o‘rilgan sochlariga taqilgan lentalari bilan Donoxon, sinfdoshlari bilan yaqinda tubdan o‘zgargan informatika darsxonasiga kirib bormoqda.

Endilikda informatika Donoxonning eng sevimli faniga aylangan. Unda kompyuter texnologiyalariga avval ham qiziqish bo‘lgan, lekin ularni o‘rganish – avvalo amaliyot talab qiladi, ammo maktabda amaliy mashg‘ulotlar uchun resurslar ancha kam bo‘lgan. Zamonaviy kompyuterlaridan ancha farq qiladigan, yigirma yildan oshiq xizmat qilib qo‘ygan eski modellarda ishlash qiyin, ular zamonaviy dasturlarni ham qo‘llab-quvvatlamasdi. Ba’zan bir o‘quvchi kompyuterda o‘tirsa, qolganlari atrofida yig‘ilishib, navbat kutishardi, chunki barcha uchun qurilmalar yetarli emasdi. Endi esa hamma narsa o‘zgardi – informatika darsxonasiga so‘nggi modeldagi 16 ta kuchli zamonaviy kompyuter va interaktiv sensorli aqlli doska o‘rnatildi, bu barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun katta voqea bo‘ldi.

a person standing in front of a wall

Interaktiv doska bilan darslar yanada yorqin va qiziqarli bo‘ldi

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Go‘zal Fayzieva

Yangi uskunalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro taraqqiyot fondi mablag‘lari hisobidan taqdim etildi. Loyiha qishloq aholisi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, ularning asosiy infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlardan, jumladan, sog‘liqni saqlash va ta’limdan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan. BMT Taraqqiyot Dasturining mahalliy eksperti tomonidan tayyorlangan “Qishloq maktablari salohiyati va o‘quvchilar va o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini tahlil qilish” hisobotiga asoslanib, maqsadli viloyatlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida - saralab olingan qishloq maktablarini texnik takomillashtirishda yordam berish rejalashtirgan. Ishlab chiqilgan mezonlar asosida 8 ta maktablar tanlab olindi va ularga interaktiv smart-doskalar, 128 ta kompyuter va mahalliy tarmoq uchun LAN uskunalari topshirildi.

map

8 ta qishloq maktablari yangi jihozlarga ega bo‘ldi

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Ular orasida qahramonimiz tahsil olayotgan maktab ham bor. Donoxon uchun bu haqiqatan ham kutilmagan va hayratlanarli bo‘ldi. U axborot texnologiyalari va internet o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlari bilan to‘la dunyoga yo‘l ochishini bilar edi. Uyida shaxsiy kompyuteri yo‘q va smartfondan foydalanmagani sabab, raqamli haqiqat unga uzoq va erishib bo‘lmaydigan tuyulardi. Endilikda u yuqori tezlikdagi internetga kirishga va zamonaviy uskunalarda o‘qish imkoniyatiga ega. Donoxon uchun har bir informatika darsi bayramga aylandi. Qahramonimiz sinfdoshlari singari, hayotida birinchi marta interaktiv smart-doskani ko‘rdi, uning yordamida darslar yorqin va qiziqarli tus oldi: ekrandagi grafiklar va tasvirlar jonlandi, talabalar nafaqat tomosha qilishlari, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri doskada chizishlari, elementlar shakllarini o‘zgartirishlari hamda jarayonda faol ishtirok etishlari mumkin. Mana shunday imkoniyatlar paydo bo‘lgach, informatika o‘qituvchisi Matluba Ochilova o‘quvchilarning kamchiliklarini to‘ldirish uchun barcha ishni qilmoqda.

Natijalar kutilmagan darajada bo‘ldi – Donoxon tez orada Xorazm viloyatida “maktab – oliygoh – IT kompaniyasi” ta’lim tarmog‘ini tashkil etish orqali IT-ta’limni rivojlantirishga qaratilgan “Al-Xorazmiy vorislari” davlat loyihasi doirasida o‘tkazilgan tanlov laureatlaridan biriga aylandi.

“Ota-onam mening yutuqlarimdan mendan ko‘ra ko‘proq xursand bo‘lishdi. Onam uy bekasi, otam esa usta-payvandchi. Ularning barcha umidlari menga bog‘liq: yaxshi ta’lim olishim, talabgir mutaxassis bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnimi topishim kerak. Yangi kompyuterlar o‘rnatilgandan so‘ng, darslar qiziqarli va foydali o’tyapti. Qisqa vaqt ichida Microsoft Office dasturlarida – Word, Excel, PowerPoint va boshqa ilovalarda ishlashni o‘rgandim, internet-resurslar bilan ishlash ko‘nikmalarini egalladim va axborot xavfsizligi asoslarini o‘rgandim. Bundan tashqari, ingliz tilini jiddiy o‘rganmoqdaman, chunki kelajakda xalqaro IT bozorida ishlashni xohlayman,”
– deydi Donoxon.
a woman standing in front of a flower

Kelajakda Donoxon xalqaro IT bozorida ishlashni orzu qiladi

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Go‘zal Fayzieva

Aytish joizki, informatika kabineti yangi jihozlar bilan ta’minlanganidan so‘ng nafaqat darslar sifati yaxshilandi, balki o‘quvchilarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Maktabda hatto yozgi ta’til davrida ishlagan axborot texnologiyalari to‘garagi ham ochildi. Hozirda klub haftada to‘rt marta ishlaydi va doimo ishqibozlar bilan gavjum – unga bolalar ham, kattalar ham kelishadi.

“Nafaqat Informatika bo‘yicha o‘quv jarayoni yaxshilandi, balki boshqa fanlar uchun ham yangi ufqlar ochildi. Masalan, talabalar ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS imtihonini topshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, bunda texnologiyaga kirish muhim rol o‘ynaydi. Uskunalar may oyida o‘rnatildi va qisqa vaqt ichida biz katta natijalarga erishdik – motivatsiya paydo bo‘ldi va shu bilan talabalar turli tanlovlarda g‘alaba qozonishdi. Bu maktabimiz uchun katta qadam,”
– deydi Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 9-maktab direktori Zafarbek Ochilov.

Jumladan, joriy o‘quv yilida Donoxon bilan bir qatorda uning ikki sinfdoshi Madina Xudaybergenova va Zarina Matyoqubova ham yuksak muvaffaqiyatlar bilan ajralib turishdi. Madina informatika fanidan viloyat olimpiadasida faxrli o‘rinni egalladi. Kelajakda u shifokor bo‘lishni xohlaydi, ammo zamonaviy dunyoda ma’lumotlar bilan ishlash va ularni tahlil qilish qobiliyati har qanday kasbda foydali vosita bo‘ladi.

Zarina esa Donoxon singari "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasidagi tanlov laureati bo‘ldi. Loyiha shartlariga ko‘ra, qizlar hozirda Urganch tumanidagi IT-parkda 6 oylik bepul o‘quv kurslarida o‘qishyapti.

a man standing in front of a tree

Zarina va Donoxon "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida tanlov g‘oliblari bo‘ldilar

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Go‘zal Fayzieva

Zarina grafik dizaynga ishtiyoqmand, shuningdek, HTML dan foydalangan holda veb-sahifalar yaratish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirmoqda. Uning dugonasi Donoxon bilan birgalikda Seul Milliy universitetida (Koreya Respublikasi) IT yo‘nalishida o‘qishni davom ettirishni, so‘ngra o‘z vataniga qaytib, olgan bilimlarini O‘zbekistonda texnologiya va ta’lim rivojiga tatbiq etishni, zamonaviy bilimlar, yechimlar va innovatsiyalar mamlakatning barcha burchaklariga yetib borishini orzu qiladi.