«Yashil tiklanish yo’lida» loyihasi haqidagi ma’lumot

2021 yil 3-4 mart kunlari "Yangi imkoniyatlar sari: O'zbekistonning COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyin yashil tiklanishi" xalqaro onlayn forumi bo'lib o'tdi.

Forumning maqsadi - O'zbekiston Respublikasi Hukumati, xalqaro rivojlanish agentliklari, donorlar va investorlar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyat o'rtasida mamlakatning yashil iqtisodiyotga o'tishi va O'zbekistonni barqaror rivojlantirish bo'yicha muloqotni boshlash. COVID-19 pandemiyasi barchamizga sog'liqni saqlash, atrof-muhit va iqtisodiyotning qanchalik chambarchas bog'liqligini yaqqol namoyon etdi. Ushbu tajriba O'zbekistonda "yashil iqtisodiyot" ga keng miqyosda o'tish uchun hal qiluvchi qadam bo’lishi mumkin. Xalqaro forum davomida buning uchun zarur bo'lgan aniq qadamlar muhokama qilindi.

Forum BMT Taraqqiyot Dasturining "Yashil tiklanish yo’lida" loyihasi doirasida amalga oshirildi. Agar sizda BMTTD loyihasini amalga oshirish bo'yicha savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, iltimos, elektron pochta orqali loyiha menejeri Azamat Tashev bilan bog'laning azamat.tashev@undp.org.

 Loyiha haqida qo'shimcha ma'lumotni yuklab olish

 Loyiha hujjatini yuklab olish