Markaziy Osiyoning qurg'oqchil mintaqalari, shu jumladan Orol dengizi, dunyodagi eng tez rivojlanayotgan ekologik jihatdan inqirozga uchragan mintaqalar qatoriga kiradi. Orol dengizining yo'q bo'lib ketishi bilan har yili atrofdagi yerlarning sifati yomonlashib, bir paytlar unumdor bo'lgan yaylovlarni cho'lga aylantirdi. Vaziyat ekstremal va xavfli ob-havo sharoitlarining katalizatori bo'lib, iqlim o'zgarishi bilan yanada og'irlashadi. 2018 yil may oyida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va mamlakatimizning boshqa hududlari bo'ylab katta qum bo'roni tarqalib, havoni to'ydirdi va yer yuzini zaharli chang bilan qopladi, nafaqat odamlarga, balki paxta, bug'doy va mevali ekinlarga ham katta zarar yetkazdi.
Ushbu masalani yechimlaridan biri bu saksovul darxtlarini ekishdir. Saksovul qumni yaxshi ko'radigan va tuzga chidamli o'simliklardan biri hisoblanadi. Saksovul o'z ildizlarini o'nlab metr chuqurlikka o'tkazib, tuproqni mustahkamlaydi. Shunday qilib, atmosferaga zaharli changning tarqalishini kamaytiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O'zgidrometning “O‘zbekistonning qurg‘oqchil rayonlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini ta’minlash" qo’shma loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi Doiraviy konvensiyasi (FCCC) va Adaptatsiya jamg'armasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi. Loyiha Orol dengiz mintaqasida bioxilma-xillikni rivojlantirish va saqlash bo'yicha davlat dasturlarini amalga oshirishda yordam bermoqda. Loyihaning texnik ko'magi bilan 2018-2020 yillarda. Davlat o'rmon xo'jaligi qo'mitasi bilan hamkorlikda 35100 gektar maydonda o'rmonlarni barpo etish bo’yicha ishlarini olib bormoqda.
2020 yil 8 sentyabr kuni texnik ko'mak sifatida, texnik yrdamning navbatdagi partiyasi: traktorlar, traktor aravalari va ko'chma suv uskunalari Qoraqalpog'iston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasiga topshirildi. Bundan tashqari, qo'shma loyiha yordamida saksovul ko'chatlarining 20 ming gektar maydonda barpo etish uchun yetarli miqdorda 5 ta issiqxonalar tashkil etildi.
Ushbu ko'chatlar BMT Taraqqiyot dasturining Orol dengizi mintaqasida ekologik vaziyatni yanada yaxshilash va qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun joriy yilning kuz faslida ekish ishlarini boshlashga qo'l keladi deb umid qilamiz. Qo'shma loyiha Davlat dasturlarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishni davom ettirmoqda.