E-Jarima: Yoʻllarimizni birga xavfsiz qilaylik
2019 yilda BMTTD "Samarali davlat boshqaruvini rivojlantirish va raqamli transformatsiyada koʻmaklashish" loyihasi doirasida Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi koʻmagida E-Jarima (dyhxx.ejarima.uz) portali ishlab chiqildi. Mazkur tizim maʼsuliyatli haydovchilarga videoregistratorlar orqali yoʻl harakati qoidabuzarliklari haqida xabar berish imkonini beradi.
Portalning faoliyat yuritishi yoʻl harakati xavfsizligini yaxshilash, haydovchilik va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish hamda ushbu muammoga jamoatchilik eʼtiborini qaratishga moʻljallangan. Mazkur infografikada tizimning vazifa va imkoniyatlari tasvirlangan.