Qorao‘zak, Bo‘zatov tumanlarida qishloq aholisini suv bilan ta'minlash va daromad manbaini yaratish loyihalari, hamda Xo‘jayli tumanida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha loyiha taqdim etildi
Qoraqalpog‘istonning ikki tumani aholisi Yaponiya hukumatining ko‘magida ichimlik suvidan bahramand bo‘la boshladilar
14-June, 2022
13 iyun 2022 yil Qoraqalpog‘iston. Bugun Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak va Bo‘zatov tumanlarida qishloqhamjamiyatlari uchun suvni tozalash stansiyalarini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim BMTTD-YuNFPAning Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan “Orolbo‘yi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologikhamda sog‘lig‘ini saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorliginimustahkamlash” Qo‘shma dasturini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Ochilish marosimida ishtirok etish, hamda Qoraqalpog‘istonda o‘z nihoyasiga yetayotgan Qo‘shma dasturniamalga oshirilishini monitoringini o‘tkazish uchun O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasining birinchi kotibiTakita-Sato Tae xonim Qoraqalpog‘istonga keldi.
Qorao‘zak tumanining “Madeniyat” va “Ko‘rimli” qishloq fuqarolar yig‘inlarida 1168 nafar odam istiqomatqiladi. 11 kilometr uzunlikdagi yangi suv o‘tkazgich qishloq xalqini suv bilan ta'minlash imkonini berdi va bubilan suv keltirish uchun qo‘shni hamjamiyatlarga qatnash zaruratidan halos etdi.
Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTD va YuNFPAning Qo‘shma dasturi rahbari AlisherUtemisovni ta’kidlashicha “Dasturni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy o‘sishning vositasi sifatida ijtimoiyinfratuzilmani rivojlantirishga katta ahamiyat qaratildi. Endilikda mazkur hamjamiyatlar aholisida ta'lim olish, xuschusiy ish yuritish, masalan tomorqalarni rivojlantirish yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ko‘proqvaqt va imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu, shuningdek, mahalliy hamjamiyatlar uchun daromad olish imkoniyatlarinikengaytirishga imkoniyat bo‘ladi”.
Monitoring tashrifi doirasida mahalliy aholi uchun daromad manbaini yaratish bo‘yicha ko‘rgazmali ob'ektlargatashrif buyurdi. Masalan, Urgenchbay Uteyev asalarichilikda biznesni olib borish istiqbollarini ko‘rdi. Murakkab ekologik vaziyatda bo‘lgan mintaqa uchun asalarichilik – nafaqat barqaror daromad olish usuli, balki atrof muhitni yaxshilashga hissa qo‘shish, ekologik toza va salomatlik uchun foydali bo‘lgan mahsulotni yetishtirish, kelgusida fermerlar va tadbirkorlar faoliyatini turfalashtirish imkoniyati hamdir. Chunki, asaldan tashqari asalarichi o‘z ishida asalari mumi, yelimi, hamda farmasevtika sanoati uchun zarur bo‘lgan asalari zaharini ham oladi.
Jami, dastur doirasida asalarichilikni olib borish uchun Bo‘zatov, Qorao‘zak va Chimboy tumanlarining 10 nafar benefitsiari ko‘mak oldi. Ularning har biriga kerakli bo‘lgan uskuna va anjomlar topshirildi, hamda asalarini rivojlantirish va asal biznesini tashkil etish xususiyatlariga bag‘ishlangan ta'lim treninglari o‘tkazildi.
Tashrif doirasidagi keyingi maskan Bo‘zatov tumani bo‘ldi, bu yerda ham Qo‘shma dastur faoliyati tufayli biznes tashabbuslarga ko‘mak ko‘rsatildi. 25 yoshli Azamat Xolmuratov “Xalmurat Bajban Sharuasi” fermer xo‘jaligida sutni qayta ishlash sexini ishga tushirishga qaror qildi. Dastur tomonidan unga zamonaviy uskunaning 12ta to‘plami taqdim etildi, ularni yordamida hozir tadbirkor qatiq, tvorog va qaymoq ishlab chiqarmoqda. Ish sifatini yaxshi darajada ushlab turish uchun tadbirkor to‘qqiz nafar mutaxassisni yolladi, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratdi va 18ta uy xo‘jaligi va uchta fermer xo‘jaligi bilan hamkorlik qilmoqda. Sex o‘z mahsulotini ikkita mahalliy bolalar bog‘chasi va Taxtako‘pir hamda Chimboy tumanlari bozorlariga yetkazib bermoqda.
Tumanning yana 21000 nafar aholisi yil davomida hamyonbop narxlarda yangi sabzavot va mevalardan bahramand bo‘lmoqdalar. Chunki, Nurlan Jandullaev fermerlar bilan ish yuritish mobaynida mavsumdan tashqari vaqtlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi juda ham oshib ketayotganiga e'tibor qaratdi. Mahsulotni saqlash esa alohida sharoitlarini taqozo etishini inobatga olgan holda ham mahalliy iste'molchilar, ham ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash usullari haqida fikrlay boshladi. Bugungi kunda MChJ “Bo‘zatau rauajlandiriu”ning 30 nafardan ko‘proq mahalliy fermerlar yetkazib berayotgan 100 tonna meva v sabzavotni joylashtirishga qodir bo‘lgan muzlatgich kamerasi mavjud.
Ana shunday loyihalar Chimboy va Qorao‘zak tumanlarida qishloq aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va fermer hamda tadbirkorlar uchun daromad manbaini yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Rivojlanishning poydevori ta'limdir. Chunki kuch bilimda, u esa maktab kursisidan boshlanadi. Ana shunday loyihalar Chimboy va Qorao‘zak tumanlarida qishloq aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va fermer hamda tadbirkorlar uchun daromad manbaini yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Rivojlanishning poydevori ta'limdir. Chunki kuch bilimda, u esa maktab kursisidan boshlanadi. Ana shunday g‘oyani Bo‘zatov tumanining “Erkindaryo” hamjamiyati aholisi ilgari surdi. Bu yerdagi ovulda 7-sonli umumta'lim maktabining filiali bo‘lgan bittagina boshlang‘ich maktab bor. Qishda mashg‘ulotlarni olib borish imkoni yo‘q- tomdan chakka o‘tadi, derazalardan shamol va yog‘in-sochin ufurib turadi, isitish tizimi ishlamaydi. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari qishloqlaridan bir necha kilometr uzoqlikka bilim olish uchun yo‘lga chiqadilar. Qo‘shma dastur ko‘magida muammo hal qilindi. 100 o‘rinli maktab to‘liq ta'mirdan chiqdi. Endilikda bolalar ob-havo sharoitidan qat'iy nazar eng qulay sharoitlarda shu yerda tahsil olishlari mumkin.
Suvni tozalashning yana bir stansiyasi Bo‘zatov tumanining “Ageden” hamjamiyatida ishga tushirildi. Umuman olganda, Qo‘shma dastur ko‘magida Bo‘zatov, Chimboy va Qorao‘zak tumanlarining 3679 nafar aholisi ichimlik suvidan bahramand bo‘la boshladilar. Tashrifning ikkinchi kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashidagi rasmiy uchrashuv bilan boshlandi, u yerda tomonlar Yaponiya Hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan yakuniga yetayotgan Qo‘shma dastur natijalarini va Orolbo‘yi mintaqasida kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Delegatsiya, shuningdek, ekologik fojianing ramzi bo‘lmish kemalar qabristoniga an'anaviy tashrif buyurdilar va undan so‘ng Xo‘jayli tumaniga yo‘l oldilar. Bu yerda ko‘p tarmoqli poliklinika ishlab turi'di. Dasturni amalga oshirish doirasida YuNFPA ko‘magida bu yerda bachadon bo‘yi saratonini barvaqt skriningi uchun VPChda sinovlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tashabbus orqali Qoraqalpog‘iston bo‘yicha 500 nafar ginekolog, doya, onkolog, umumiy amaliyot shifokorlari va patronaj hamshiralari VPCh sinovini o‘tkazish, tashqi tahis qo‘yish, maslahat berish va davolash bo‘yicha tahsil olishdi. 8ta laboratoriya VPChni tashhisi bo‘yichauskuna bilan jihozlangan, 49140 nafar ayol test sinovlaridan o‘tdi, uning natijasiga ko‘ra 3000 nafardan ortiq VPChsi musbat bo‘lganlarning 759 nafar (23 foizi) onkologiyaga yuborildi.
Qo‘shma dastur sog‘liqni saqlash va kambag‘allikni qisqartirish tashabbuslari sohalarida innovasion yechimlarni taqdim etish orqali Orolbo‘yining eng zaif tumanlarida mahalliy hamjamiyatlarning salomatligi va iqtisodiy farovonligi sohasida eng o‘tkir muammolarni hal qilish maqsadida 2020 yildan beri amalga oshirib kelinmoqda.