Qorong‘ulikdan yorug‘likka: Orolbo‘yi chekka hududlarida elektr ta’minoti

Muallif: Iroda Muminova

15-October, 2024
a group of people sitting at a table
UNDP Uzbekistan

Chimboy tumanining Gujimli nomli kichik bir qishlog'ida kun telefonning budilnik ovozi yoki televizor ovozi bilan boshlanmas edi, chunki elektr energiyasi ularning uyida doimiy mehmon emas edi. Gulparshinning nabiralari uy vazifalarini bajarayotganda, u har doim telefonining chirog’i yoki sham bilan ular yonida bo’lishi kerak edi…

Elektr energiyasi, Gujimliliklar uchun shunchaki qulaylik uchun emas, bu balki ularning sog'lig'i, ta’lim olishlari va yorqin kelajak orzusi uchun zarur edi. 

"Bizning qishlog'imiz uzoq vaqtlardan beri beqaror elektr ta'minoti bilan bog'liq muammolarga duch kelgan", deydi Gulparshin, “Transformatorlarimiz 1970-yillarning oxirida o’rnatilgan bo’lib, juda eski va ular 160 kVt quvvatga ega edi. Sovuq kuz va qish oylarida, gaz bosimi pasayganda, biz elektr isitgichlarga tayanar edik ammo elektr ta'minotidagi tez-tez uzilishlar, hayotimizni qiyinlashtirib bizni tushkunlikka tushirib qo’yar edi. Elektr tokiga bo’lgan talab kuchaygan paytlarda tok quvvati kamligi sabab maishiy texnikalarimiz tez-tez ishlamay qolar, bolalarimiz qorong'uda uy vazifalarini bajarishda qiynalishar edi...”.

a young girls sitting at a table
UNDP Uzbekistan

Yaponiya hukumati ko'magida BMTTD Qoraqalpog'istonning pilot tumanlari aholisining fikrlarini tinglab, jamoatchilikni safarbar etishga qaratilgan seminarlar tashkil etdi. Ushbu muhokamalar davomida, ayniqsa Gujimli kabi qishloqlarda barqaror elektr ta'minotiga bo'lgan katta ehtiyoj aniqlandi.

Loyiha jamoasi tomonidan Kegeyli, Chimboy, Xo’jeyli va Nukus tumanlarining ko'plab aholi punktlarida eskirgan transformatorlar aniqlandi va mavjud muammolarni bartaraf qilish uchun loyiha doirasida har biri 250 kVt quvvatga ega 12 ta transformator uskunalari yetkazib berildi. Natijada 7,296 nafar aholi - ularning yarmi asosanuyda qoladiganva elektrta'minotiga boshqalarga nisbatanko'proq muhtoj bo’lgan ayollar —barqaror elektr ta'minotidanfoydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

"Endi ushbu transformator oddiy qulaylikdan ko’prog’ini berdi bizga. Doimiy elektr ta'minoti tufayli bolalar tunda sham yoki batareyali lampalarga murojaat qilmasdan uy vazifalariga e’tiborlarini qaratib bemalol bajarishlari mumkin.  Ota-onalar esa qishda issiq uy bilan ta'minlay olishlarini his qilgan holda, kutilmagan elektr uzilishlari haqida tashvishlanmaydilar", - deydi Gulparshin hayajon bilan. 

Loyiha jamoasi monitoring o'tkazish uchun hududlarga tashrif buyurishganda, ularni butunlay boshqacha ko’rinish kutib oldi. Bir paytlar noaniqlik soyasida qolgan jamiyat endi yangi imkoniyatlar nurida gullab-yashnadi. Mahalliy tadbirkorlik yangi barqarorlik kuchi orqali gullab-yashnamoqda. Oilalar tez-tez yig'ilib, muhim xodisalar va kundalik quvonchlarini yorqin nurda nishonlab, go’zal xotiralarni muhirlashmoqda.

a group of people walking down a street next to a tree
UNDP Uzbekistan

"Biz qorong’ulikdan yorug’likka o'tib, haqiqatdan ham hayotimiz butkul o’zgardi", deb eslaydi Chimboy tumanining yana bir fuqarosi Ramazon Mambetniyazov, “O’chirish-yoqish tugmachasini har bir marta bosganimizda biz, yorqin kelajakni nishonladik, elektr energiyasi endi tashvish manbai emas, balki o'sish va farovonlik uchun poydevor bo'ladi. Birgalikda biz yangi davrni boshladik, endi uylarimiz va yuraklarimizni yorug’likka to'ldi".

a couple of people that are standing in the grass
UNDP Uzbekistan

Gujimlida quyosh botganda, osmonto'q sariq va pushtiranglar bilan to'ldirdi, ular huddiki jonlana boshlaganjamoani ta’riflagandek.. Elektr energiyasi shunchaki ehtiyoj emas, bu balki butun Orolbo'yi mintaqasiga umid va orzular baxsh etuvchi vosita bo’ldi. Har bir yoritilgan uy bilan Gujimliliklar yangi orzu va umidlarga to’ldilar - kelajakda endi noaniqlikning zulmati yo'q, kelajak imkoniyatlar nuri bilan porlab turardi.

Loyiha haqida: BMTTDning “Iqlimga chidamli qishloq xoʻjaligi orqali Orolboʻyi mintaqasida barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihasi" Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, 2023-2025 yillarda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog'istonning eng zaif hududlarida yashovchi aholining iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi bilan bog’liq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan va ular Orol dengizidagi inqirozni bartaraf etish bo'yicha O'zbekiston hukumatining siyosati va strategiyalariga to'liq mos keladi.