BMT Taraqqiyot dasturi va Yaponiya hukumati Orolbo‘yi hududi bo‘yicha Qo‘shma dasturni yakunlamoqda
20 000 nafar Qoraqalpog‘istonning qishloq aholisi bazaviy infratuzilmasdan foydalana boshladilar, 30dan ortiq biznes-loyihalarga texnik ko‘mak ko‘rsatildi
27-June, 2022
27 iyun 2022 yil. Toshkent, O‘zbekiston. Bugun BMT Taraqqiyot dasturi, BMTning Aholishunoslik fondi va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi dasturning yakunlovchi yig‘ilishida Yaponiya hukumati moliyalashtirayotgan BMTTD-YUNFPAning "Orolboʻyi hududidagi aholining iqtisodiy, ekologik hamda sog’liqni saqlash masalalaridagi zaifliklarini bartaraf etish orqali turmush barqarorligini mustahkamlash" Qo‘shma dasturini natijalarini taqdim etdi.
Tadbir ishtirokchilariga qarata tabrik so‘zida Matilda Dimovska, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili, Qo‘shma dastur mahalliy aholi manfaatlari yo‘lida, hamda Orolbo‘yi hududi aholisining inson havfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan turli muammolarni hal qilishda sezilarli natijalarni keltirdi, deya ta’kidladi.
2020 yildan beri amal qilib kelayotgan Qo‘shma dastur ikkita muhim maqsadlarga yetishishga yo‘naltirilgandi. Birinchisi – onalik, bolalikni himoya qilish va reproduktiv salomatlik bo‘yicha xizmatlarni taqdim qilish sohasida mahalliy sog‘liqni saqlash tizimining texnik va institutsional salohiyatini mustahkamlash orqali tibbiy xizmatlar sifatini oshirish. Ikkinchisi – inklyuziv tadbirkorlik tashabbuslari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, hamda bazaviy infratuzilma orqali daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish.
Shunday qilib, 20 000 nafardan ortiq qishloq aholisi bazaviy infratuzilmadan – ichimlik suvidan, elektr energiyasidan, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida takomillashtirilgan xizmatlardan foydalana boshladilar:
- Chimboy, Bo‘zatov va Qorao‘zak tumanlarining aholisi 2500 nafarni (44 foizi ayollar) tashkil etadigan yettita hamjamiyatlarida elektro-transformatorlar o‘rnatildi, mahalliy aholi elektr energiyasidan uzuliksiz foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar;
- Bo‘zatov tumanining “Erkindaryo” hamjamiyatida 300 nafardan ko‘proq o‘quvchi tahsil oladigan 7-sonli boshlang‘ich maktab binosi to‘liq ta’mirlandi;
- Bozatov tumanining “Aspantay” hamjamiyatida qishloq vrachlik punkti binosi ta’mirlandi, 1975 nafar odam (991 nafari ayollar) tibbiyot xizmatlaridan foydalanishni yaxshiladilar;
- Yuqorida keltirilgan uchta tumanda 39 190 metr suv o‘tkazgich o‘rnatildi, suvni chuchitish stansiyalari to‘liq ta’mirlandi, ularda suvni tozalashning avtomatlashtirilgan tizimi o‘rnatildi.
Tilga olinganidek, 500 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari bachadon bo‘yni saratonini oldindan aniqlash va davolash uchun Inson papilomasi virusi (IPV)ni testlashtirishga o‘qitildi. Chimboy, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irod va Nukus tumanlarida IPVni tashhislash uskunalarining to‘plami bilan 8ta laboratoriya jihozlandi. 49 140 nafar ayol testdan o‘tishdi – 3000 nafardan ortiq IPV musbat bo‘lganlardan 1009 nafari (30 foiz) keyingi tashhislash va davolash uchun onkologiyaga yo‘naltirildi, 10 foizi turar joyidagi poliklinikada davolandi, to‘rt foizi davolashni oldi va onko-ginekolog nazorati ostida turibdi.
Zulm va zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollar va qizlarga tezkor va sifatli yordam berishni ta’minlash uchun Standart operatsion davolash (SOD) ishlab chiqildi.
SODlar xizmatlarni taqdim etuvchilar, shu jumladan, profilaktika inspektorlari/uchastka nozirlari, umumamaliyot vrachlari va patronaj hamshiralari, ijtimoiy xizmat xodimlari, mahalla mutaxassislari, shelterlar va gender zo‘ravonlik qurbonlarini moslashish va reabilitatsiya qilish psixologlari uchun qisqacha amaliy qo‘llanmalar bilan to‘ldirilgan. Xizmatlarni yetkazib beruvchilarning qariyb 300 nafari gender zo‘ravonlikka munosabat bildirishda SODlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni hamda zo‘ravonlikka qarshi munosabat bildirishning sektorlararo mexanizmini konsepsiyasini oldilar.
Huquq-tartibot idoralari, sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy psixologik sektori uchun gender zo‘ravonlikka idoralararo qarshi turish uchun Sdartdart operatsion davolash bo‘yicha statistik ma’lumotlar bazasi uchun to‘liq paket bo‘yicha gender zo‘ravonlik to‘g‘risida ko‘rsatkichlar tizimi va tavsiyalari ishlab chiqildi.
Undan tashqari, Qoraqalpog‘istondagi faoliyati davomida BMTTD 2005 yildan beri BMT ko‘ngillilar dasturi va Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda salomatlik masalalari bo‘yicha 2080 nafar volontyorni o‘qitdi. 2020 yildan shu kungacha volontyorlar o‘pka, oshqozon-ichak, yurak-tomir kasalliklari profilaktikasiga va onalar va bolalar salomatligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan 133 164ta axborot sessiyalarini o‘tkazdilar. Shu bilan birga, 54 770 uchrashuv COVID-19 profilaktikasiga bag‘ishlandi. Maqsadli tumanlardagi hamjamiyatlarning tibbiyot xodimlari va volonyotlarni koronavirus infeksiyasidan himoya qilish uchun bemorlar bilan ishlashga mo‘ljallangan tibbiyot anjomlari va maxsus uskunalar sotib olindi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi. Mavzu bo‘yicha 115 000ta posterlar va bukletlar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida qishloq aholisi orasida tarqatildi.
Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha ishlar uchun Qo‘shma dastur tomonidan Qorao‘zak, Chimboy, Bo‘zatov va Kegeyli tumanlaridagi maqsadli hamjamiyatlarning iqtisodiy salohiyati vaziyatli tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qishloq korxonalarining 60 egalari va ishchilari biznesni innovatsion boshqarish uslublariga o‘qitildi. 33ta biznes loyiha amalga oshirilishi uchun texnik ko‘mak oldi, bu esa 128 ta (ularning 47 foizi ayollar uchun) ish o‘rni yaratdi hamda qishloq aholisining oziq-ovqat, ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shishga erishildi.
Namunali tumanlar aholisining salohiyatini oshirish maqsadida. O‘zbek-Yapon markazi bilan hamkorlikda 30dan ortiq kichik va o‘rta korxonalar (35 foizi ayollar)ning vakillari uchun biznesni rivojlantirishning Kayzen yapon usuli bo‘yicha ta’lim treninglari o‘tkazildi. 70 nafarga yaqin ayollar va yoshlar vakillari kigiz va kigiz mahsulotlarini, qamish, poxoldan ashyolar ishlab chiqish jarayonlariga o‘qitildi, biznesni olib borish sohasida bilimlarini oshirdilar. Bo‘zatov, Qo‘ng‘irod va Chimboy tumanlarining 45 nafar vakillari JICA OSOP loyihasi doirasidagi “Bitta qishloq-bitta+1 mahsulot” Jamoatchilik ittifoqi bilan hamkorlikda tadbirkorlikning chuqurlashtirilgan ko‘nikmalarini oldilar, Yaponiyalik va Qirg‘izistonlik ekspertlar tahsil oluvchilarga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
BMTTDning YuNFPA bilan hamkorlikdagi Qo‘shma dasturi Yaponiya huqumatining moliyaviy ko‘magida, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Qishloq xo‘jaligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi kommunal xo‘jaligi vazirliklari, Qorao‘zak, Chimboy, Bozatov tumanlari hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘istoning fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari Kengashini qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirildi, ularning vakillari muvofiqlashtiruvchi kengashning yakuniy yig‘ilishida ham ishtirok etishdi.
Infografikani yuklab oling.