Butunjahon OITSga qarshi kurash kunida O‘zbekiston OIV profilaktikasi va unga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi innovatsion raqamli yechimlarni namoyish etmoqda

1-December, 2024
a screen shot of a computer
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

2024 yil 27 noyabr kuni Toshkentda BMTTD va Global jamg‘arma ko‘magida Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion raqamli tizimlar taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi. Mazkur innovatsiyalar OIV profilaktikasi, uni davolash va unga qarshi kurashish tizimini butun O‘zbekiston bo‘ylab modernizatsiya qilish jarayonidagi yangi  qadam bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasidagi raqamli yechimlar bo‘yicha mamlakatni Markaziy Osiyoda yetakchi o‘ringa olib chiqadi.

OIV bilan bog‘liq xizmatlarni raqamlashtirish sohasida inqilob yasaydigan to‘rtta elektron platforma quyidagilardan iborat:

·         Boshqaruvning axborot tizimi (BAT): 150 dan ziyod ishonch punktlari, 30 ta do‘stona kabinet va 10 NNTda profilaktika dasturlarini muvofiqlashtiruvchi markazlashtirilgan vosita bo‘lib, aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga samarali xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

·         OIV ET: Ma’lumotlarni real vaqt rejimida boshqarish tizimi bemorlarni ro‘yxatga olish, zaxiralarni kuzatish hamda xizmatlar ko‘rsatilishini optimallashtiradi, aniqlik va oshkoralikni oshiradi, muvofiqlashtirishni takomillashtiradi va maxfiylik darajasini kuchaytiradi.

·         Kompleks bio-xatti-harakat so‘rovi (e-IBBS): OIV tarqalishini monitoring qilish va oldini olish strategiyalarini baholash uchun real vaqt rejimida aniq ma’lumotlarni taqdim etuvchi platforma bo‘lib, rejalashtirishni haqiqiy ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshirish va xarajatlarni sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Muammolarni hal qilish uchun innovatsiyalarni joriy etish,  hayot uchun muhim bo‘lgan  davolash choralariga muhtojlarning muntazam va o‘z vaqtida davolanishini ta’minlash orqali BMTTD 20 yildan buyon Respublika OITSga qarshi kurashish markazini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

a man standing in front of a screen
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi
“BMTTD raqamli texnologiyalarni joriy etishni xizmatlardan foydalanish qulayligi va shaffofligini oshirish usuli sifatida jahon miqyosida ilgari suradi va biz O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimlariga innovatsiyalar hamda inklyuzivlikni integratsiyalash orqali OIVga qarshi kurashishda hukumatni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz”,
- deydi Anas Qarman, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari.

Raqamli transformatsiya zarurati jiddiy muammolar, jumladan, ma’lumotlar tizimlaridagi tarqoqlik, qog‘oz hujjatlarga bo‘lgan qaramlik va cheklangan shaffoflik tufayli yuzaga keldi. Mazkur yangi platformalarni integratsiyalash orqali Respublika OITSga qarshi kurashish markazi quyidagi natijalarga erishdi:

  • Bemorlar va dasturlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyati.

  • Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilar orasida muvofiqlashtirishning optimallashtirilishi.

  • Takomillashtirilgan autentifikatsiya va VPN kanallari vositasida ma’lumotlar xavfsizligining oshirilishi.

  • Moliyaviy operatsiyalarda shaffoflik va hisobdorlikning oshirilishi.

Ushbu tizimlar bir-biriga mos va hukumat ma’lumotlar bazalariga integratsiyalashgan bo‘lib, bemorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va asoslangan qarorlar qabul qilishni ta’minlash imkonini beradi.

Raqamlashtirish sohasidagi mazkur sa’y-harakatlarning muvaffaqiyati milliy va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, O‘zbekistonni sog‘liqni saqlash sohasidagi raqamli innovatsiyalar bo‘yicha yetakchiga aylantirdi. OIV bilan bog‘liq xizmatlarni optimallashtirish orqali ushbu tizimlar OIVga qarshi kurashish sohasidagi milliy va global maqsadlarga erishishga yordam beradi. BMTTD ushbu tajribani ko‘paytirish va ko‘lamini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Konferensiyada tizimlar jonli tarzda namoyish etildi, ekspertlar ishtirokida munozaralar o‘tkazildi hamda raqamli yechimlarning tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada o‘zgartirish imkoniyatlari muhokama qilindi.