BMTTD Oʼzbekistonda jurnalistlar va blogerlar oʼrtasida “Energiya samarador uylar va gender tamoyillari - barqaror rivojlanish garovi” mavzusida tanlov eʼlon qiladi

12-September, 2022
Fotosurat: BMTTD O'zbekiston

Arizalarni qabul qilish muddati:

12 sentyabr – 24 oktyabr, 2022 y. Toshkent, O’zbekiston

Tashkilotchilar:

Oʼzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi, BMTTD va GEF hamkorligidagi “Oʼzbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurulishini rivojlantirishga koʼmaklashish” loyihasi va Oʼzbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

Tanlov maqsadi:

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik e'tiborini energiya tejamkor uy-joy qurilishining dolzarbligiga qaratish, ayollarning energiyani boshqarish hamda o'z uylaridagi va jamiyatdagi energiya tejashdagi rolini oshirish, shuningdek, loyiha faoliyatini yanada kengroq yoritilishini targ’ib qilish orqali aholining atrof-muhitga bo’lgan ehtiyotkor munosabat va energiyani samarali iste'mol qilish to'g'risidagi xabardorligini kuchaytirish.

Ishtirokchilar:

Tanlovga 2022 yil 12- sentyabrdan 24-oktyabrgacha bo‘lgan davrda barcha turdagi ommaviy axborot vositalari – elektron, bosma, internet OAV jurnalistlari va blogerlarining turli tahliliy janrlarda, jumladan, hikoya (storytelling) bo‘yicha chop etilgan tahliliy ishlari qabul qilinadi. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. Gazeta, radio, televideniye va internet nashrlarida chop etilgan eng yaxshi jurnalistik materiallar;
  2. Blogerlar tomonidan bloglar va ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan eng yaxshi materiali;

Birinchi nominatsiya bo’yicha 3 (uch) nafar, ikkinchi nominatsiya bo’yicha 2 (ikki) nafar go’liblar aniqlanadi.

G‘olib-jurnalistlar uchun mukofotlar quyidagilardan iborat:

1-o‘rin – Noutbuk

2-o‘rin – Planshet

3-o‘rin – Smart soat

Blogerlar uchun mukofotlar:

2 ta rag‘batlantiruvchi sovrin: 2 ta uyali telefon

Ishtirok etish uchun talablar:

Mualliflar o’zlarining materiallari nashr etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak (gazeta/jurnal sahifasining nusxasi, Internet-resursning havolasi va skrinshoti, audio/video ishlar, materialning TV/radio efiriga uzatilgan  sana va vaqtni ko'rsatuvchi efir ma'lumotnomasi). Tanlov materiallari o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida 2022-yil 24-oktyabrgacha ushbu havola orqali yoki contest.uz@undp.org elektron manziliga yuborilishi mumkin.

G'oliblarni e'lon qilish:

Vakolatli hakamlar hay’ati materiallarni baholash orqali aniqlangan tanlov natijalarini 2022-yil 1-noyabrda e’lon qiladi va g‘oliblarni taqdirlash 2022-yil 11-noyabr Butunjahon energiya samaradorligi kuniga bag‘ishlangan tadbirda bo‘lib o‘tadi.

Tanlov to’g’risidagi to’liq ma’lumot:

o’zbek tilida: https://tinyurl.com/yurt7386            rus tilida: https://tinyurl.com/mry92xmv

Barcha savollar uchun murojaat qilish:

Anarbekov Bekzat

BMTTD O'zbekiston

Tel: +99890 131 59 24

Qosimova Nargis

O‘zbekiston jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi

Tel: +99893 534 26 34

 

BMTTD/GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi olti yildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekiston qishloq aholisini arzon va ekologik toza uylar bilan ta’minlashdan iborat. Loyihaning muhim yutug‘i 24 turdagi energiya tejamkor uy-joylar loyihalari ishlab chiqilishi bo‘ldi, bu esa respublika bo‘ylab energiya tejamkor va kam uglerodli uy-joylarning ommaviy qurilishiga turtki berdi. Bundan tashqari, loyiha doirasida 1358 ta energiya tejamkor va kam uglerodli xonadonlar qurish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatildi.