Zo'ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish sohasidagi loyihalar Grant-tanlovi g'oliblari e'lon qilindi
28-October, 2022
Joriy yilning 28 yil oktabr kuni, BMTTD zo`ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish sohasidagi nodavlat va notijorat tashkilotlar (NNT) loyihalariga grant taqdim etish uchun tanlov g`oliblarini e`lon qildi.
2021 yilning noyabrida e`lon qilingan mazkur tanlovdan ko`zlangan maqsad O`zbekistondagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining zo`ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan faoliyatlarini qo`llab-quvvatlashdir.
BMTTDga kelib tushgan ko'plab murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida, Tanlov komissiyasi quyidagi tashkilotlar loyihalarini moliyalashtirishga qaror qabul qildi:
- Mintaqaviy tahdidlarni o'rganish markazi;
- Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Farg'ona mintaqaviy filiali;
- NNT "Muloqot".
Zikr etilgan tashkilotlar loyihalari ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish, aholining tegishli qatlam vakillariga ruhiy salomatlik va psiho-ijtimoiy ko`mak ko`rsatish deradikalizatsiya sohasida xorijiy ilg'or tajribalarni tadqiq etish va unlarni O`zbekiston sharoitida tadbiq qilish istiqbollarini o`rganish kabi zo`ravon ekstremizga qarshi kurashish va uni oldini olish sohasidagi muhim yo`nalishlarga urg`u beradi.
Tanlov "Osiyoda zo'ravon ekstremizmga qarshi barqarorlikni kuchaytirish (STRIVE Asia)" global loyihasi - Yevropa Ittifoqi va BMTning qo'shma hamkorligi, doirasida tashkil etildi. Loyiha Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda tegishli tomonlar ishtirokida, jumladan hukumat, fuqarolik jamiyati va hususiy sektor vakillari bilan birgalikda zo'ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish sa`y-harakatlariga hissa qo`shishni nazarda tutadi.