Kuz – daraxt ekish uchun qulay mavsum!
15-November, 2022
Yangi koʻchat ekish haqida gap ketganda, hammamiz uchun bahor odatiy mavsumga aylangan, lekin aksariyat joylarda kuzda koʻchat ekish yaxshiroqdir. Bilasizmi nima sababdan? Chunki, kuzdagi moʻtadil havo va tuproq harorati, daraxtga kamroq bosim beradi, ya’ni yangi barglar o'sguncha uni sogʻlom saqlash uchun koʻchat kamroq bosim ostida boʻladi. Quyida kuzda ekishning ba'zi afzalliklarini keltirib oʻtamiz:
- Daraxt koʻchatlarida kamroq bosim
Bahorda ekilgan koʻchatlar katta bosim ostida boʻladi: ular bir vaqtning oʻzida yangi barglar va yangi ildizlarni o'stirishlari kerak. Fotosintez va ildizlarning rivojlanishi odatda ildizlarda saqlanadigan shakar zaxiralarini talab qiladi, ya'ni bahorda ekilgan daraxtlar yerga tegishi bilanoq bu qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Bundan tashqari, yozning jaziramasida kuchli ildiz tizimini rivojlantirish uchun yetarli vaqt boʻlmagani uchun, yosh daraxtga qiyinchilik tug’dirib, uni zararkunandalar va kasalliklarga ko'proq moyil qiladi.
- Kuzda daraxt ekish – suv tejalishi demakdir
Kuzda havo salqinroq boʻlganligi, hamda yomg'ir mavsumi boʻlganligi uchun oʻsimlik ildizlari koʻproq ozuqa moddalarini oʻzlashtiradi va kamroq sugʻorishni talab qiladi.
BMTTD, UNFPA va FAOning “Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish” qoʻshma dasturining maqsadlaridan biri bu - yoshlar kooperativlariga fermer xoʻjaliklari tarkibida suvni tejash texnologiyalari orqali 1 gektarlik demo-uchastkalarni tashkil etishda yordam berishdan iborat edi.
Yuqorida qayd etilganlar hisobga olinib, Qoʻngʻirot tumanida "Jinishke jaslari" ishlab chiqarish kooperativi tashkil etildi.
Qoʻshma dastur kerakli boʻlgan uskunalar, ya’ni panjara va toʻsiqlar, tomchilatib sug'orish tizimini taqdim etdi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni kooperativning 16 ta yosh a'zosi tajribali bogʻbonlar rahbarligida 1 gektar maydonga ega uzumzorga 700 ta ko’chatni ekishni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishdi. Shu oʻrinda ta’kidlash joizki, uzum inson organizmi uchun foydali minerallarga boy va u barqaror hamda koʻp parvarish talab qilmaydigan oʻsimlik hisoblanadi. Bundan tashqari, qoʻshma dastur yoshlar agro-kooperativlarini tashkil etish va yangi agro-tashabbuslarni sinovdan oʻtkazish orqali yoshlarni ish bilan ta'minlash va mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qoʻshishni maqsad qilgan.