O‘zbekistonning BRM obligatsiyalari taqsimoti va ta’siri bo‘yicha dastlabki hisoboti

Uzbekistan’s first SDG Bond Allocation and Impact Report

pdf (21.3MB)

Download

O‘zbekistonning BRM obligatsiyalari taqsimoti va ta’siri bo‘yicha dastlabki hisoboti

15-November, 2022

2021-yilning iyul oyida O‘zbekiston umumiy qiymati 235 million AQSh dollari (o‘zbek so‘mida nominallangan) bo‘lgan BRM suveren obligatsiyalarini muomalaga chiqargan mintaqadagi birinchi va dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylandi. Ushbu obligatsiyalar uch yillik muddatga 14 foiz kupon stavkasi bilan chiqarildi. Obligatsiyalar global investorlarning moliyaviy resurslarini yettita sohada (ta’lim (BRM 4), suv resurslarini boshqarish (BRM 6), sog‘liqni saqlash (BRM 3), ekologik transport (BRM 11), tabiiy resurslarni boshqarish (BRM 15) va “YAshil energiya” (BRM 7)) BRMga erishishga yo‘naltirilgan davlat loyihalarini amalga oshirishga safarabar etildi. 

Mazkur BRM obligatsiyalarini joylashtirish va ularning ta’siriga doir dastlabki hisobotda obligatsiyalarni chiqarishdan tushumlar hukumatning taraqqiyot sohasidagi ustuvorliklariga erishishda qanday yordam berayotgani yuzasidan ma’lumot taqdim etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning Barqaror rivojlantirish maqsadlariga (BRM) erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida qayd etilgan.

Tashabbus BMTTD tomonidan (yetakchi agentlik) Xalqaro favqulodda bolalar jamg‘armasi (UNISEF), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) va BMT Narkotiklar va jinoyat boshqarmasi (BMT NJB) bilan hamkorlikda boshqariladigan “O‘zbekistonda Kompleks milliy moliyalashtirish mexanizmini yaratish” BMT qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy maqsadi bu joriy islohotlarning taraqqiyotga ta’sirini maksimal darajada oshirish uchun Kompleks milliy moliyalashtirish mexanizmini yaratishdir. Dastur BRM Qo‘shma jamg‘armasi tomonidan, shuningdek yevropa Ittifoqi va quyidagi donor-mamlakatlarlarning to‘lovlari hisobiga moliyalashtirilmoqda: Daniya, Germaniya, Irlandiya, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveysariya.