O‘zbekiston Respublikasining Milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH 2) jarayoni bo‘yicha baholash hisoboti
O‘zbekiston Respublikasining Milliy miqyosda belgilanadigan hissa (MMBH 2) jarayoni bo‘yicha baholash hisoboti
16-December, 2024
Hisobotda iqlim bo‘yicha Parij bitimi maqsadiga erishishga hissa qo‘shish va 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi majburiyat sifatida qabul qilgan milliy miqyosda belgilangan hissani (MMBH) amalga oshirishdagi natijalar baholanadi.
MMBH iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash chora-tadbirlarini milliy rivojlanish ustuvorliklari, rejalari va investitsiyalar bilan integratsiya qilish uchun mavjud eng kuchli vositalardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, uning Milliy iqlim markazi va Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Global «Iqlim va’dasi» dasturi doirasida BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD) ko‘magida MMBH 2 da belgilangan iqlim o‘zgarishining oqibatlarini yumshatish va ularga moslashish maqsadlariga erishish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, statistika va axborotlar to‘plandi.
Baholash chora-tadbirlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlar va bo‘shliqlarni hamda qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish darajasini, jumladan, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash chora-tadbirlarini moliyalashtirish jihatlarini, gender masalalari va ijtimoiy inklyuzivlik masalalariga urg‘u berish bilan o‘tkazildi.
MMBH amalga oshirilishi jarayonini baholash mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tish va global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi, yanada ulug‘vor milliy majburiyatlarga olib boradigan yo‘lni belgilaydi.