BIOXILMAXILLIK KREDITI – MUROSAGA ERISHISH SAMARALI MEXANIZMI

13-July, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

2022-yil 19-dekabrda 196 davlat tomonidan imzolangan va “biologik xilmaxillikning yoʻqolishini toʻxtatish va qaytarish uchun shoshilinch choralar koʻrish” hamda 2030-yilgacha quruqlik va dengiz hududining 30 foizini himoya qilishga qaratilgan Kunming-Monreal Global Bioxilmaxillik Kelishuvi (GBF) qabul qilinishi har qanday rivojlanish harakatining eng muhim qismi - moliyalashtirishga to'g'ri yo'naltirilganligini ta'minlashning muhim bosqichi bo’ldi. Shartnomani imzolagan hukumatlar bioxilmaxillikni moliyalashtirish rejalari (BMR) bilan birga keladigan Milliy biologik xilmaxillik strategiyasi va harakat rejalarini (MBSHR) yangilash va ulardagi maqsadlarga erishish yo'lida muvaffaqiyatga erishish majburiyatini oldilar. Boshqa jihatlar bilan bir qatorda, BMRlar global miqyosda yiliga 700 milliard dollardan ortiq bo'lgan bioxilmaxillikni moliyalashtirishdagi bo'shliqni moliyalashtirish uchun zarur resurslarni safarbar qilish bo'yicha aniq harakatlar va mexanizmlarni taklif qilishlari kerak. Shunday qilib, ESG standartlarini biznes uchun majburiy qilish bo'yicha global tendensiya bilan birgalikda yangi xalqaro kelishuv bilan biologik xilmaxillikka global investitsiyalar, ayniqsa xususiy sektorda tez o'sishi kutilmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi olimlar va tajribachilar tomonidan ishlab chiqilayotgan va ilgari surilayotgan shunday innovatsion moliyaviy mexanizmlardan biri bioxilmaxillik kreditidir.

Bioxilmaxillik krediti hozirda xalqaro miqyosda mashhurlik kasb etayotgan moliyaviy mexanizmdir. An'anaviy moliyaviy kreditlardan farqli o'laroq, biologik xilmaxillik krediti ma'lum bir landshaftdagi bioxilmaxillikni tiklash, saqlash va rivojlantirishga investitsiyalar orqali yaratilgan aktivni ifodalaydi, keyinchalik u mahalliy va global miqyosda o'z korporativ ESG majburiyatlarini bajarish uchun bunday aktivlarni sotib olishdan manfaatdor bo'lgan korxonalarga sotilishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, ekotizimning umumiy farovonligini va/yoki belgilangan hududdagi maqsadli flora va fauna turlar miqdorini yaxshilash bo'yicha erishilgan o'lchangan va tasdiqlangan yutuqlar aktivning yagona qiymatini tashkil qiladi. Yangi moliyaviy vositani amalga oshirish bo'yicha ko'plab yondashuvlar va metodologiyalar mavjud bo'lsada, jarayon va natijalarni o'lchash, monitoring qilish, tekshirish va sertifikatlash kabi muhim talablar saqlanib qolmoqda. Bu, o'z navbatida, hukumatdan yangi mexanizmni mahalliy bozorga joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, siyosat, qonunchilik va institutsional darajalarga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha kompleks yondashuvni talab qiladi.

Mexanizmni joriy etish uchun muqarrar xarajatlar bo'lsada, hukumat va jamiyat uchun katta imkoniyatlar va imtiyozlar ham mavjud. Zarur shart-sharoitlarni yaratish va yangi mexanizmni joriy etish biologik xilmaxillikka investitsiyalarni foydali qilish va xususiy sektorning haqiqiy qiziqishini uyg'otishi mumkin. Masalan, bioxilmaxillikni kredit mexanizmini joriy etish O'zbekistondagi eng yirik ekotizim bo'lgan yaylovlarning degradatsiyasining abadiy muammosiga yechim bo'lishi mumkin. Bioxilmaxillik kreditlari, nihoyat, yaylovdan foydalanuvchilarning fikrini o‘zgartirishga yordam beradi va ularga sof iste’molchi munosabatdan yaylovdan foydalanishda ekotizim yondashuviga o‘tishga yordam beradi, bu esa pirovardida mamlakat va mintaqadagi butun ekologik vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga erishish mumkin, chunki bu mexanizmdan foydalanish jarayonida yaylov foydalanuvchilari asosiy degradasiya omillarini, masalan, haddan tashqari o'tlatishni yo'q qilish orqali yaylovlarga bosimni kamaytirishni va yaylovlardan barqaror foydalanish amaliyotini va yuqori texnologiyalarni, masalan, yaylovlar rotatsiyasi rejalari, chorva mollari monitoringi va o'rmonlash tajribalarini ularning xar kunlik faoliyatiga joriy etishni talab qiladi. Bundan tashqari, bioxilmaxillik krediti uglerod krediti mexanizmi bilan birlashtirilishi mumkin, chunki 20 million gektardan ortiq yaylovlarning keng hududlarida yaxshilangan o'simlik qoplami uglerod sekvestratsiyasiga sezilarli hissa qo'shadi. Darhaqiqat, ushbu ikki mexanizm to‘g‘ri tatbiq etilsa, qishloq aholi uchun biznes va ish o‘rinlarining yangi shakllarini yaratish orqali barqaror daromad manbai bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik rivojlanish o‘rtasida samarali mutanosiblikni ta’minlashi mumkin. O‘zbekistonda bioxilmaxillik kreditini joriy etishning texnik-iqtisodiy asoslanishi, tegishli qonunchilik va institutsional o‘zgarishlarni iqtisodiy asoslash bilan birgalikda tahlil qilish BMTTDning O‘zbekistondagi BIOFIN loyihasi* faoliyatiga kiritilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Yaqinda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan milliy ekologiya va iqtisodiyot/moliya vazirliklari vakillarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekistonda bioxilmaxillik kreditini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. O’tgan oyda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro ekspert janob Josh Brann (AQSh) O‘zbekistonda bunday mexanizmdan foydalanishdan umumiy tamoyillar va ular bilan bog‘liq manfaatlar haqida ma’lumot berdi. Mutaxassis o‘z taqdimotida bilim platformasi bo‘lib xizmat qiladigan va mahalliy hukumatlarga mexanizmni ishga tushirish borasidagi sa’y-harakatlarida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator ixtisoslashgan xalqaro forumlarni eslatib o‘tdi. Shunday nufuzli xalqaro tashkilotlardan biri bu Bioxilmaxillik Kredit Alyansi (BCA). BCA asosiy maqsadi global bioxilmaxillik krediti tamoyillari asosida ishonchli va kengaytiriladigan bioxilmaxillik krediti bozorini shakllantirish uchun aniqlik va ko'rsatmalar berishdir. Xalqaro tashkilotlar, shu jumladan BMTTD tomonidan qo'llab-quvvatlangan BCA mahalliy bilim va kontekstlarni tan olgan holda moliyaviy oqimlarni bioxilmaxillik saqlovchilariga safarbar qilishga intiladi.

Bioxilmaxillik krediti ham, uglerod krediti mexanizmlari ham O‘zbekistondagi mahalliy bozor uchun yangi tushunchalardir. Moliya va iqtisodiyot vazirligining Yashil iqtisodiyot boshqarmasi mutaxassisi Rahat Nurjonovning so‘zlariga ko‘ra, taklif etilayotgan mehanizm uglerod krediti sxemasi bilan juda ko‘p umumiy jihatlarga ega. Hukumat uglerod bozori mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganayotganini hisobga olsak, tegishli xalqaro hamkorlarning zarur uslubiy va maslahat yordami bilan bioxilmaxillik kredit mexanizmini ham joriy etish mumkin bo‘ladi. Yig‘ilishning boshqa ishtirokchisi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligining Biologik xilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari To‘ra Xoliqov mazkur mexanizm ekoturizmning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, yaylovlarga yaqin joylashgan milliy muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilishni yanada takomillashtirishga hissa qo’shishi mumkinligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ushbu muloqotni davom ettirish va BMTTD koʻmagida, xususan, uning BIOFIN loyihasi doirasida Oʻzbekistonda bioxilmaxillikni krediti mexanizmini joriy etish imkoniyatlarini yanada oʻrganish uchun zarur saʼy-harakatlarni amalga oshirish muhimligi toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, atrof-muhit bilan bog‘liq har qanday moliyaviy mexanizmni, jumladan, bioxilmaxillik kreditini joriy etish va muvaffaqiyatli amalga oshirish bir vazirlik yoki idora tomonidan alohida amalga oshirilmaydi va bu turli manfaatdor tomonlarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarini talab qiladi. Bu jarayonni ta'minlash va ko'maklashishda hukumatning muhim ahamiyati bor. Biologik xilmaxillik sohasidagi loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribasini hisobga olgan holda, BMTTD O‘zbekiston hukumati uchun ushbu sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun eng munosib xalqaro hamkor bo‘lib qolmoqda.

BIOFIN loyihasi O‘zbekistonda 2021-yildan beri BMTTD va Yevropa Ittifoqining global bioxilma-xillikni moliyalashtirish tashabbusi (BIOFIN) doirasida amalga oshirilmoqda. BIOFIN o'n yil oldin Bioxilmaxillik Konventsiyasi 11-chi Tomonlar Konferentsiyasida BMTTD va Yevropa Komissiyasi tomonidan barcha mumkin bo'lgan manbalardan ko'proq moliyani global va milliy biologik xilmaxillik maqsadlariga yo'naltirish bo'yicha shoshilinch global ehtiyojga javob sifatida boshlangan. Hozirda 40 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo'lgan BIOFIN tabiatga investitsiyalarni faollashtirish uchun hukumatlar, fuqarolik jamiyati, zaif jamoalar va xususiy sektor bilan hamkorlik qilmoqda.