Oʻzbekistonda suv va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining iqlim oʻzgarishi taʼsiriga zaifligini baholashga yondashuv
Oʻzbekistonda suv va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining iqlim oʻzgarishi taʼsiriga zaifligini baholashga yondashuv
9-August, 2023
Iqlim o‘zgarishi davom etmoqda va global isish yangi va yangi rekordlarni o‘rnatmoqda. Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va global isish sur’atlarini sekinlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdan tashqari, mamlakatlar iqlimning yangi muammolariga chidamliligini oshirish uchun iqlim ta’siriga ham moslashishi kerak. Samarali rejalashtirish va ustuvorliklarni belgilash uchun iqtisodiyotning muayyan sektori iqlim o‘zgarishiga qanchalik zaif ekanligi haqidagi ma’lumotlar muhim rol o’ynaydi. O‘zbekiston uchun suv resurslaridan samarali foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi juda dolzarbdir. Milliy moslashuv rejasini (MMR) ishlab chiqish loyihasi doirasida suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga qanchalik zaif ekanligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari haqida batafsil ma’lumotni havolada topishingiz mumkin.