AHOLI SAFARBARLIGI BO‘YICHA TRENINGLAR - FUQAROLAR ISHTIROKINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI VOSITASI

17-August, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Zamonaviy jamiyatda fuqarolik ishtiroki jamiyat rivojlanishining eng muhim mezonlaridan biridir. Fuqarolarning atrof-muhitni rivojlantirishda va muammolarni hal etishda faol ishtirok etishi barqaror va farovon jamiyatni barpo etishga xizmat qiladi. Biroq, aholi har doim ham o‘z mintaqasida hayot sifatini yaxshilashga tayyor emas yoki qanday hissa qo‘shishi mumkinligini bilmaydi. Shu o‘rinda aholini safarbar qilish bo‘yicha treninglar katta yordam beradi.

Maqsadli mahalliy hamjamiyatlarda salohiyatni oshirish mahalliy ehtiyojlarni aniqlash va jamiyatni (jumladan, yoshlar vaayollarni) jalb qilish orqali optimal va uzoq muddatli foyda keltiradigan sarmoyalar uchun ustuvor infratuzilmalarnianiqlash va mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari bilan maslahatlashish orqali tuzilgan Mahallani rivojlantirishrejalari (MRR) deb ataladigan harakat rejalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ushbu vosita yordamida har bir fuqaro o‘z mahallasining infratuzilmasini yaxshilashga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Axir MRR bu mahalla hayotini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan maqsad va harakatlar rejasidir. U iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy aholi, faollar va mahallaning manfaatdor tomonlari bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

Shu maqsadda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida maqsadli mahalliy hamjamiyatlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, 2021-2023-yillarda mahallalarning ehtiyojlarini aniqlash maqsadida barcha to‘rtta hududda 170 ta (shundan 57 tasi 2023-yilda) aholi safarbarligi bo‘yicha o‘quv mashg’ulotlari o‘tkazildi.

Ushbu treninglar ta’lim komponenti hisoblanib, uning asosiy maqsadi istiqbolda jamoat joylarini obodonlantirishga qaratilgan loyihalashtirish ishlarida ishtirok etadigan mahalliy hamjamiyat vakillariga bilim va ko’nikmalarni taqdim etishdan iboratdir.

2023-yilda 57 ta maqsadli mahallalarda 3300 dan ortiq kishi (shu jumladan 1219 nafari yoki 37% - ayollar) safarbarlik treninglarida ishtirok etdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Bundan tashqari, mahallalar muammolarini hal etishning maqbul yo‘llari va yechimlarini topish maqsadida loyiha menejerlari va jamoatchilikni safarbar qilish bo‘yicha fasilitatorlar tashabbuskor guruhlar bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdilar. Buning natijasida mahallalarning 585 ta ustuvor ehtiyojlari – sub-loyihalar aniqlanib, joylarda tekshirildi. Ushbu sub-loyihalar bo‘yicha viloyat va tuman hokimliklari hamda tarmoq vazirliklari bilan uchrashuvlarda aniqlik kiritilib, yakuniy ro‘yxatlar Mahallani rivojlantirish rejalariga kiritildi.

Jami 900 ta ijtimoiy infratuzilma sub-loyihalari to‘rtta pilot hududda Jamiyatni rivojlantirish rejalariga kiritildi va yaqin kelajakda takomillashtiriladi.

Joriy yilning avgust-sentabr oyida 170 ta mahalla fuqarolar yig‘ini va 20 ta pilot tuman hokimliklari uchun ishlab chiqilgan MRRlarining taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo’shma loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumot:

https://www.undp.org/uz/uzbekistan/projects/qishloq-joylarini-barqaror-rivojlantirish