Bioxilmaxillikni moliyalashtirish siyosiy va institutsional sharhi

Bioxilmaxillikni moliyalashtirish siyosiy va institutsional sharhi

16-July, 2024

Hisobot bir nechta sohalarni qamrab oladi:

 

Birinchidan, biologik xilma-xillikni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tegishli choralarni qo'llashga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadigan mavjud ekologik siyosat, qonunchilik va institutsional tartiblarning qisqacha sharhi.

 

Ikkinchidan, Oʻzbekistonning Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya va boshqa xalqaro biologik xilma-xillik shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, mamlakatning ekotizim xizmatlarini yaxshilash borasidagi saʼy-harakatlari oʻrganiladi.

 

Uchinchidan, hisobotda turli sohalarga ajratilgan davlat subsidiyalarining bioxilma-xillik va ekotizim xizmatlarini rivojlantirishga keyingi ta'siri o'rganiladi.

 

Hisobot biologik xilma-xillikning holati va dinamikasini baholaydi, salbiy tendensiyalarning asosiy sabablarini aniqlaydi va ularni yumshatish choralarini taklif qiladi.